Sof maosh 15 mln so‘mgacha: "Toshshahartransxizmat" avtobus haydovchilari ish haqini ochiqladi

© Sputnik / Aktan TemirkanovVoditel v kabine avtobusa Yutong.
Voditel v kabine avtobusa Yutong. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
Poytaxtda avtobus haydovchisining maoshi transport turi, ish staji, malakasi, ishlangan soatlar va belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarishiga bog‘liq.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Toshkentda avtobus haydovchilarining o‘rtacha oylik maoshi 13,5 million so‘mni tashkil etadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Komiljon Qodirov matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Haydovchining yakuniy maoshi avtobus turi, ish staji, malakasi, ishlangan soatlar, tungi va bayram kunlaridagi mehnat, shuningdek, belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarishiga bog‘liq. Kompaniya vakillariga ko‘ra, 20-yildan ortiq staj uchun 50 foiz, birinchi haydovchilik toifasi uchun 25 foiz ustama nazarda tutilgan.
Taqdim etilgan hisob-kitoblarda Mercedes-Benz avtobusi haydovchisiga oyiga 17,16 million so‘m hisoblanib, majburiy ushlanmalardan keyin 14,93 million so‘m qo‘lga tegishi ko‘rsatilgan. MAN A22 CNG haydovchisi uchun bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 15,92 million va 13,85 million so‘mni tashkil etadi.
Isuzu SAZ LE 60 haydovchisiga esa 13,05 million so‘m hisoblanib, 11,35 million so‘m qo‘lga tegadi.
Maoshning bir qismi mehnat intizomi va ish sifatiga ham bog‘liq. Yo‘nalishni to‘liq bajarish, harakat jadvali va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, belgilangan bekatlarda to‘xtash hamda YTHga yo‘l qo‘ymaslik kabi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Ayni paytda “Toshshahartransxizmat” tizimida 165 ta avtobus yo‘nalishi mavjud. Ularda bir sutkada 1,5 milliondan ortiq yo‘lovchi tashiladi.
Manzilga aniq yetib boramizmi? Toshkentda ayol avtobus haydovchisi yo‘lovchilarni nima bilan hayratga solmoqda? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
O‘n to‘rt yil konduktorlik qilgan, endi esa avtobus boshqarapti: Natalya Karayeva hikoyasi
Yangiliklar lentasi
0