AI Alliance xakatonlarida dasturchilar 30 ming dollargacha mablag‘ ola boshladi

© SputnikVistuplenie direktora AI Alliance Aziza Muxitdinova na ICT Week Uzbekistan
Vistuplenie direktora AI Alliance Aziza Muxitdinova na ICT Week Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
"AI Alliance" bir yil ichida 40 ta yirik kompaniya va tashkilotni hamda sun’iy intellekt sohasiga qiziquvchi 3 mingdan ortiq yoshni birlashtirdi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Bir yillik faoliyati davomida 40 ta yirik kompaniya, tashkilot va xususiy sektor vakillari "AI Alliance" tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda ICT Week Uzbekistan doirasida alyans direktori Aziz Muhitdinov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning ta’kidlashicha, "AI Alliance" tashkilotining asosiy vazifasi mamlakatda sun’iy intellekt sohasida faoliyat yuritayotgan turli sektorlarni birlashtirish, fikr va tajriba almashish uchun yagona platforma yaratishdan iborat.
"Bundan tashqari, asosiy e’tiborimiz ushbu platformani aniq loyihalar orqali rivojlantirishga qaratilgan", — dedi Muhitdinov.
"AI Alliance" amalga oshirayotgan loyihalardan biri doirasida hududlardagi 1 ming nafar yosh "5 million sun’iy intellekt yetakchisi" dasturi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.
Shuningdek, "AI Alliance" sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy xakaton o‘tkazmoqda. O‘tgan yildan buyon musobaqa 11 ta hududda tashkil etildi, ayni paytda katta grand-finalga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Muhitdinovning aytishicha, bir yil ichida alyans sun’iy intellekt sohasiga qiziquvchi 3 mingdan ortiq yosh va iste’dodli ishtirokchilarni birlashtirgan.

"Tadbirlarimizda ishtirok etgan yoshlar venchur fondlardan 20 ming va 30 ming dollarlik cheklar ola boshlaganidan faxrlanamiz. Bu o‘tkazilayotgan tadbirlarning ahamiyatini ko‘rsatadi", — dedi "AI Alliance" direktori.

Programmist za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2026
Samarqandda “xakerlar musobaqasi”: AI xakatonda 400 nafar ishtirokchi bellashmoqda
Yangiliklar lentasi
0