https://oz.sputniknews.uz/20260922/peskov-zelenskiy-60655196.html
Peskov Zelenskiyning shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi
Peskov Zelenskiyning shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Ukrainada vaqtinchalik sulh emas, balki mustahkam va barqaror tinchlikka erishish tarafdori. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Zelenskiyning o‘t ochishni shartlarsiz to‘xtatishga tayyorligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirayotib ma’lum qildi.
2026-09-22T18:39+0500
2026-09-22T18:39+0500
2026-09-22T18:39+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
dunyo yangiliklari
dmitriy peskov
vladimir zelenskiy
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31111604_0:0:3075:1731_1920x0_80_0_0_4c999c0737ac615f8dcecc0515c7e61c.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya Ukrainada vaqtinchalik sulh emas, balki mustahkam va barqaror tinchlikka erishish tarafdori. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Zelenskiyning o‘t ochishni shartlarsiz to‘xtatishga tayyorligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirayotib ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Moskva bilan vaqtinchalik sulhga emas, balki barqaror tinchlikka olib boradigan yo‘lga chiqish uchun qanday qarorlar qabul qilinishi kerakligini biladi.Avvalroq Zelenskiy CBC News telekanaliga bergan intervyusida, agar Rossiya tayyor bo‘lsa, Ukraina "shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarga" rozi ekanini aytgandi.Peskov Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Turkiya tashabbusiga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, bu masala Vladimir Putin va Rejep Tayyip Erdog‘onning Bishkekdagi muzokaralarida ko‘tarilgan, keyin esa diplomatik yozishmalarda muhokama qilingan. Moskva va Anqara Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi bo‘yicha muloqot olib borayotganini Rossiya TIV ham tasdiqlagan.Peskov Qora dengiz orqali don yetkazib berish bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada murakkablashganini aytib, buni Ukraina tomonining harakatlari bilan bog‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/lavrov-ukraine-muzokaralar-shartlar-60490783.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31111604_189:0:2920:2048_1920x0_80_0_0_5d42098866780aa84c7add143bb4ff8d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, dmitriy peskov, vladimir zelenskiy, ukraina, rossiya
dunyoda, dunyo yangiliklari, dmitriy peskov, vladimir zelenskiy, ukraina, rossiya
Peskov Zelenskiyning shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi
Kreml vakili Moskva vaqtinchalik sulh emas, balki mustahkam va barqaror tinchlikka erishish tarafdori ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya Ukrainada vaqtinchalik sulh emas, balki mustahkam va barqaror tinchlikka erishish tarafdori. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Zelenskiyning o‘t ochishni shartlarsiz to‘xtatishga tayyorligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirayotib ma’lum qildi.
"Ukraina uchun vaziyat kundan-kunga yomonlashayotgani aniq — iqtisodiy vaziyat ham, frontlardagi vaziyat ham. Bu kelgusida ham davom etadi", — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Moskva bilan vaqtinchalik sulhga emas, balki barqaror tinchlikka olib boradigan yo‘lga chiqish uchun qanday qarorlar qabul qilinishi kerakligini biladi.
"Prezident Vladimir Putin va Rossiya tomoni har doim mohiyatan hech narsa bermaydigan sulh emas, balki mustahkam tinchlik tarafdori ekanimizni ta’kidlab kelgan", — dedi Kreml vakili.
Avvalroq Zelenskiy CBC News telekanaliga bergan intervyusida, agar Rossiya tayyor bo‘lsa, Ukraina "shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarga" rozi ekanini aytgandi.
Peskov Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Turkiya tashabbusiga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, bu masala Vladimir Putin va Rejep Tayyip Erdog‘onning Bishkekdagi muzokaralarida ko‘tarilgan, keyin esa diplomatik yozishmalarda muhokama qilingan. Moskva va Anqara Qora dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi bo‘yicha muloqot olib borayotganini Rossiya TIV ham tasdiqlagan.
Peskov Qora dengiz orqali don yetkazib berish bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada murakkablashganini aytib, buni Ukraina tomonining harakatlari bilan bog‘ladi.