Aleksandr Perovning ijodiy merosi Toshkentda namoyish etildi — foto

Obuna bo‘lish
Ekspozitsiya O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan rassomning ijodiy merosi bilan tanishtiradi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida taniqli rassom Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma "Bizning meros" turkumi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda rassomning serqirra ijodiy merosi namoyish etildi.
Aleksandr Perov 1935-yilda Chimkent shahrida tug‘ilgan. 1950–1955 yillarda Respublika rassomlik bilim yurtida S. F. Rakova va N. Qo‘ziboyevlardan tahsil olgan. 1965-yilda Toshkent teatr va rassomlik institutining dastgohli rangtasvir bo‘limini R. Ahmedov va A. Krivonos rahbarligida tamomlagan. U Toshkentda yashab, ijod qilgan hamda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan.
Rassom janrli kompozitsiya, manzara va naturmort yo‘nalishlarida samarali ijod qilgan. U borliqni yaxlit idrok etish bilan bir qatorda, har bir buyum va ikir-chikirga sinchkovlik bilan e’tibor qaratgan. Perov o‘z asarlarida naqshinkorlik va bezakdorlikni rangtasvirning yuksak mahorati bilan o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirgan.

"Aleksandr Perovning ijodiy merosi yetuk rassomning badiiy obraz yaratishda nafaqat sujetdan, balki tasviriy san’atning barcha ifoda vositalaridan mahorat bilan foydalanganini ko‘rsatadi. Uning asarlarida aniqlik, uyg‘unlik va badiiy yaxlitlik mujassam", — deya ta’kidlaydi ko‘rgazma tashkilotchilari.

Aleksandr Perovning asarlari O‘zbekiston va Rossiya muzeylari to‘plamlaridan, shuningdek, xorijdagi xususiy kolleksiyalardan o‘rin olgan.
Markaziy ko‘rgazmalar zalidagi mazkur ekspozitsiya "Bizning meros" loyihasining navbatdagi tadbiri sifatida rassomning ijodini keng jamoatchilikka yana bir bor tanitish va uning badiiy merosini asrab-avaylashga xizmat qiladi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
1/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
2/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
3/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
4/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
5/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
6/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
7/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
8/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
9/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
10/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
11/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
12/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
13/13

Aleksandr Perovning shaxsiy ko‘rgazmasi

Yangiliklar lentasi
0