https://oz.sputniknews.uz/20260921/russia-duma-saylov-natijalar-60600350.html
Rossiya Davlat dumasi saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi
Rossiya Davlat dumasi saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada Davlat Dumasining to‘qqizinchi chaqiriq deputatlari saylovi yakunlandi. SIK ma’lumotlariga ko‘ra, "Yagona Rossiya" yetakchilik qilmoqda, saylovchilar ishtiroki 56,66%ni tashkil etdi. Ovozlarni sanash hali davom etmoqda.
2026-09-21T09:24+0500
2026-09-21T09:24+0500
2026-09-21T10:04+0500
saylov natijalari
saylovlar
rossiya davlat dumasi
rossiya
partiya
vacheslav volodin
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/14/60594152_0:134:3165:1914_1920x0_80_0_0_cb5637e07a50e10f070c4ed259adf897.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Davlat dumasi saylovlarida protokollarning 83,52 foizi qayta ishlanganidan so‘ng "Yedinaya Rossiya" ("Yagona Rossiya") partiyasi partiya ro‘yxati bo‘yicha 57,85% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.KPRF 13,83%, LDPR 8,77%, "Novie lyudi" ("Yangi odamlar") 7,96% ovoz olgan. "Spravedlivaya Rossiya" ("Adolatli Rossiya") natijasi 4,99% bo‘lib, partiya hozircha parlamentga o‘tish uchun zarur bo‘lgan 5 foizlik chegara atrofida qolmoqda.Rossiya hududida eng so‘nggi saylov uchastkalari Kaliningrad viloyatida Moskva vaqti bilan soat 21:00 da yopildi.Davlat dumasi 450 nafar deputatdan iborat: ularning 225 nafari partiya ro‘yxatlari, yana 225 nafari bir mandatli okruglar bo‘yicha saylanadi. Ovozlarni sanash hali yakunlanmagani sababli hozirgi natijalar dastlabki hisoblanadi. MSK yakuniy natijalarni barcha protokollar va ehtimoliy shikoyatlar ko‘rib chiqilganidan keyin tasdiqlaydi.Taniqli nomzodlar orasida amaldagi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Saratov viloyatidagi 164-sonli bir mandatli okrugda yetakchilik qilmoqda. Protokollarning 64,49 foizi sanalganda u 84,84% ovoz to‘plagan. Kamchatka okrugida Duma vitse-spikeri Irina Yarovaya protokollarning 85 foizi hisoblangan paytda 70,64% ovoz bilan oldinda edi.KPRF ro‘yxatining birinchi raqami Gennadiy Zuganov, LDPRniki Leonid Sluskiy, "Yangi odamlar"niki Aleksey Nechayev, "Adolatli Rossiya"niki Sergey Mironov bo‘lgan.Davlat dumasining to‘qqizinchi chaqiriq deputatlari saylovi 18–20 sentabr kunlari uch kun davomida o‘tkazildi. 2026-yilgi yagona ovoz berish kunida Rossiya bo‘ylab 20,7 mingga yaqin deputatlik mandati va saylab qo‘yiladigan lavozimlar uchun ovoz berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260920/uzbekistan-russia-davlat-duma-saylov-60593930.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/14/60594152_218:0:2949:2048_1920x0_80_0_0_c0af66d487358d97b3b2a32e848e8f8e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saylov natijalari, saylovlar, rossiya davlat dumasi, rossiya, partiya, vacheslav volodin , dunyo yangiliklari, dunyoda
saylov natijalari, saylovlar, rossiya davlat dumasi, rossiya, partiya, vacheslav volodin , dunyo yangiliklari, dunyoda
Rossiya Davlat dumasi saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi
09:24 21.09.2026 (yangilandi: 10:04 21.09.2026) Rossiyada Davlat dumasi saylovlarida ovozlarni sanash davom etmoqda, "Yagona Rossiya" 57 foizdan ortiq ovoz bilan ishonchli yetakchi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Davlat dumasi saylovlarida protokollarning 83,52 foizi qayta ishlanganidan so‘ng "Yedinaya Rossiya" ("Yagona Rossiya") partiyasi partiya ro‘yxati bo‘yicha 57,85% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, deb
xabar berdi RIA Novosti.
KPRF 13,83%, LDPR 8,77%, "Novie lyudi" ("Yangi odamlar") 7,96% ovoz olgan. "Spravedlivaya Rossiya" ("Adolatli Rossiya") natijasi 4,99% bo‘lib, partiya hozircha parlamentga o‘tish uchun zarur bo‘lgan 5 foizlik chegara atrofida qolmoqda.
Saylovchilarning umumiy ishtiroki 56,66% ni tashkil etdi. Bu 2021-yilgi Duma saylovlaridagi 51,72% ko‘rsatkichidan yuqori.
Rossiya hududida eng so‘nggi saylov uchastkalari Kaliningrad viloyatida Moskva vaqti bilan soat 21:00 da yopildi.
Davlat dumasi 450 nafar deputatdan iborat: ularning 225 nafari partiya ro‘yxatlari, yana 225 nafari bir mandatli okruglar bo‘yicha saylanadi. Ovozlarni sanash hali yakunlanmagani sababli hozirgi natijalar dastlabki hisoblanadi. MSK yakuniy natijalarni barcha protokollar va ehtimoliy shikoyatlar ko‘rib chiqilganidan keyin tasdiqlaydi.
Taniqli nomzodlar orasida amaldagi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Saratov viloyatidagi 164-sonli bir mandatli okrugda yetakchilik qilmoqda. Protokollarning 64,49 foizi sanalganda u 84,84% ovoz to‘plagan. Kamchatka okrugida Duma vitse-spikeri Irina Yarovaya protokollarning 85 foizi hisoblangan paytda 70,64% ovoz bilan oldinda edi.
"Yedinaya Rossiya"ning umumfederal ro‘yxatini tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Moskva meri Sergey Sobanin, harbiy muxbir Yevgeniy Poddubniy, Mariya Lvova-Belova va Vladislav Golovin boshqargan.
KPRF ro‘yxatining birinchi raqami Gennadiy Zuganov, LDPRniki Leonid Sluskiy, "Yangi odamlar"niki Aleksey Nechayev, "Adolatli Rossiya"niki Sergey Mironov bo‘lgan.
Davlat dumasining to‘qqizinchi chaqiriq deputatlari saylovi 18–20 sentabr kunlari uch kun davomida o‘tkazildi. 2026-yilgi yagona ovoz berish kunida Rossiya bo‘ylab 20,7 mingga yaqin deputatlik mandati va saylab qo‘yiladigan lavozimlar uchun ovoz berildi.