https://oz.sputniknews.uz/20260921/madaniy-meros-agentlik-qodirov-javob-60617454.html
Madaniy merosni asrash millat tanlamaydi — agentlik Alisher Qodirovga javob qaytardi
Madaniy merosni asrash millat tanlamaydi — agentlik Alisher Qodirovga javob qaytardi
Sputnik O‘zbekiston
Agentlik Sarmishsoy, Mizdahqon, Shohi Zinda, Mingtepa, Buxorodagi Qur’on qo‘lozmasi va Bobur ko‘chasidagi uy bo‘yicha Alisher Qodirov bildirgan bir qator da’volarga faktlar bilan javob berdi.
2026-09-21T16:28+0500
2026-09-21T16:28+0500
2026-09-21T16:28+0500
madaniy meros agentligi
madaniy boyliklar
alisher qodirov
qur’on
o‘zbekiston
tarix
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38923007_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_a527ef2035711562e08f11650f5fb343.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Madaniy meros agentligi "Milliy tiklanish" partiyasi raisi Alisher Qodirovning madaniy meros obyektlari haqidagi so‘nggi tanqidlariga batafsil javob qaytardi.Idora tanqiddan qochmasligini, biroq jamoatchilik oldida bildirilgan da’volar fakt va hujjatlar bilan tekshirilishi kerakligini ta’kidladi.Agentlik munosabatida Qodirov ko‘targan bir qator masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mablag‘lar va texnik xulosalar keltirilib, ayrim bayonotlar voqealarning to‘liq manzarasini aks ettirmasligi aytildi.Sarmishsoy bo‘yicha agentlik davlat budjetidan 4,2 mlrd so‘m yo‘naltirilganini ma’lum qildi. Shu bois idora "milliardlar sarflandi, ammo hech narsa qilinmadi" degan mazmundagi xulosani asossiz deb hisobladi.Mizdahqonda esa 2017-yilda 800 mln so‘mlik ta’mirlash-restavratsiya ishlari bajarilgan, 2024-yilda Mazlumxon Suluv maqbarasiga yana 290 mln so‘m yo‘naltirilgan. Rajab Xalifa masjid-maqbarasi uchun 80 ming dollarlik grant ham jalb qilingan.Shohi Zinda bo‘yicha agentlik Qodirov ko‘targan "og‘ish" masalasiga texnik o‘lchovlar bilan javob berdi. Kirish peshtoqi 2022–2023 yillarda Polsha mutaxassislari ishtirokida tekshirilgan. Ilgaridan mavjud og‘ish chap tomonda 46, o‘ng tomonda 31 santimetrni tashkil etgan, ammo qayta o‘lchovlarda yangi sezilarli deformatsiya aniqlanmagan.Mingtepa bo‘yicha idora xronologiyaga e’tibor qaratdi. Qodirov tanqid qilgan ayrim yerlar 2006-yilda bog‘ va uzumzor uchun ajratilgan, yodgorlik esa milliy ro‘yxatga 2019-yilda kiritilgan. Keyinchalik 22 nafar yerdan foydalanuvchi ogohlantirilgan, Mingtepani muhofaza qilish va muzeylashtirish uchun 2024–2025 yillarda jami 2,4 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.Agentlik Bobur ko‘chasi, 7-uy haqidagi "rus rassomining uyi" degan ta’rifga ham alohida e’tiroz bildirdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, 1935-yilda qurilgan bino me’mor Aleksey Shusev nomi bilan bog‘liq va unda turli yillarda O‘zbekiston ilm-fani va madaniyati vakillari yashagan. Obyektni saqlash uchun respublika budjetidan shu kungacha mablag‘ sarflanmagan.Idora, shuningdek, 2026-yil birinchi yarmida restavratsiya va arxeologik ishlarga 79,4 mlrd so‘m yo‘naltirilgani, ishlar turli tarixiy davrlarga mansub 60 ta obyektni qamrab olganini ma’lum qildi.Qodirov esa avvalroq Sarmishsoy, Shohi Zinda, Mizdahqon, Mingtepa va Qur’on qo‘lozmasi bo‘yicha savollariga yetarli javob berilmayotganini bildirib, masalani parlament so‘rovi yoki eshituvi orqali ko‘tarishini aytgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260911/madaniy-meros-60359675.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38923007_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1f12197536f15b019b7d1cf0f384f933.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniy meros agentligi, madaniy boyliklar, alisher qodirov, qur’on, o‘zbekiston, tarix, madaniyat
madaniy meros agentligi, madaniy boyliklar, alisher qodirov, qur’on, o‘zbekiston, tarix, madaniyat
Madaniy merosni asrash millat tanlamaydi — agentlik Alisher Qodirovga javob qaytardi
Madaniy meros agentligi Alisher Qodirovning ayrim da’volari faktlarga mos kelmasligi, ba’zi holatlarda esa voqealar xronologiyasi buzib ko‘rsatilganini bildirdi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Madaniy meros agentligi "Milliy tiklanish" partiyasi raisi Alisher Qodirovning madaniy meros obyektlari haqidagi so‘nggi tanqidlariga batafsil
javob qaytardi.
Idora tanqiddan qochmasligini, biroq jamoatchilik oldida bildirilgan da’volar fakt va hujjatlar bilan tekshirilishi kerakligini ta’kidladi.
Agentlik munosabatida Qodirov ko‘targan bir qator masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mablag‘lar va texnik xulosalar keltirilib, ayrim bayonotlar voqealarning to‘liq manzarasini aks ettirmasligi aytildi.
Sarmishsoy bo‘yicha agentlik davlat budjetidan 4,2 mlrd so‘m yo‘naltirilganini ma’lum qildi.
Bu mablag‘larga kirish darvozalari, axborot markazlari, petrogliflarga olib boruvchi 2,5 kilometrlik yo‘lak, avtoturargoh, yoritish va videokuzatuv tizimlari barpo etilgan. Yana 1,2 mlrd so‘m tashrif buyuruvchilar markazi va nazorat punkti uchun ajratilgan.
Shu bois idora "milliardlar sarflandi, ammo hech narsa qilinmadi" degan mazmundagi xulosani asossiz deb hisobladi.
Mizdahqonda esa 2017-yilda 800 mln so‘mlik ta’mirlash-restavratsiya ishlari bajarilgan, 2024-yilda Mazlumxon Suluv maqbarasiga yana 290 mln so‘m yo‘naltirilgan. Rajab Xalifa masjid-maqbarasi uchun 80 ming dollarlik grant ham jalb qilingan.
Shohi Zinda bo‘yicha agentlik Qodirov ko‘targan "og‘ish" masalasiga texnik o‘lchovlar bilan javob berdi. Kirish peshtoqi 2022–2023 yillarda Polsha mutaxassislari ishtirokida tekshirilgan. Ilgaridan mavjud og‘ish chap tomonda 46, o‘ng tomonda 31 santimetrni tashkil etgan, ammo qayta o‘lchovlarda yangi sezilarli deformatsiya aniqlanmagan.
Buxorodagi qadimiy Qur’on qo‘lozmasi ham, agentlikka ko‘ra, "omborga tashlab qo‘yilgan" emas. U Ark qo‘rg‘onining fond saqlash xonasida saqlanmoqda, konservatsiya va restavratsiya uchun xalqaro mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Mingtepa bo‘yicha idora xronologiyaga e’tibor qaratdi. Qodirov tanqid qilgan ayrim yerlar 2006-yilda bog‘ va uzumzor uchun ajratilgan, yodgorlik esa milliy ro‘yxatga 2019-yilda kiritilgan. Keyinchalik 22 nafar yerdan foydalanuvchi ogohlantirilgan, Mingtepani muhofaza qilish va muzeylashtirish uchun 2024–2025 yillarda jami 2,4 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.
Agentlik Bobur ko‘chasi, 7-uy haqidagi "rus rassomining uyi" degan ta’rifga ham alohida e’tiroz bildirdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, 1935-yilda qurilgan bino me’mor Aleksey Shusev nomi bilan bog‘liq va unda turli yillarda O‘zbekiston ilm-fani va madaniyati vakillari yashagan. Obyektni saqlash uchun respublika budjetidan shu kungacha mablag‘ sarflanmagan.
"Madaniy merosni millat bilan emas, qadriyat bilan o‘lchaylik", — deya ta’kidladi agentlik.
Idora, shuningdek, 2026-yil birinchi yarmida restavratsiya va arxeologik ishlarga 79,4 mlrd so‘m yo‘naltirilgani, ishlar turli tarixiy davrlarga mansub 60 ta obyektni qamrab olganini ma’lum qildi.
Qodirov esa avvalroq Sarmishsoy, Shohi Zinda, Mizdahqon, Mingtepa va Qur’on qo‘lozmasi bo‘yicha savollariga yetarli javob berilmayotganini bildirib, masalani parlament so‘rovi yoki eshituvi orqali ko‘tarishini aytgan edi.