Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Mehr: YeOII–Eron bitimi AQShning mintaqa davlatlariga bosim imkoniyatlarini cheklaydi

© REUTERS / Dado RuvicKonflikt mejdu Iranom i SShA s Izrailem
Konflikt mejdu Iranom i SShA s Izrailem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2026
Obuna bo‘lish
YeOII–Eron erkin savdo bitimi va Markaziy Osiyoning Eron orqali o‘tuvchi tranzit yo‘llari Tehron bilan aloqalarni cheklashni murakkablashtirmoqda, deb yozadi Mehr.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Eron o‘rtasidagi erkin savdo rejimi Markaziy Osiyo davlatlarining Tehron bilan iqtisodiy aloqalarini cheklashga qaratilgan AQSh siyosati uchun qo‘shimcha to‘siq yaratmoqda, deb yozadi Eronning Mehr agentligi.
YeOII va Eron o‘rtasidagi to‘liq formatdagi erkin savdo bitimi 2025-yil 15-maydan kuchga kirgan. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, u tovar nomenklaturasining qariyb 90 foizi bo‘yicha bojsiz savdoni nazarda tutadi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston YeOII a’zolari hisoblanadi.
Mehr fikricha, bu holat Vashingtonning mintaqa davlatlaridan Eron bilan savdo va moliyaviy aloqalarni cheklashni talab qilishi bilan mavjud iqtisodiy kelishuvlar o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqaradi.
Nashr AQShning ikkilamchi sanksiyalar xavfi orqali kompaniyalar va banklarga bosim o‘tkazishi mumkinligini qayd etadi. AQSh ma’muriyati Eronga nisbatan "maksimal bosim" siyosatini amalga oshirayotgani va xorijiy kompaniyalar hamda moliyaviy institutlar uchun sanksiya xavflari mavjudligini rasman bildirgan.
O‘zbekiston YeOII a’zosi emas, balki Ittifoq huzurida kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Biroq Mehr Toshkent uchun Eronning ahamiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdodan ko‘ra tranzitda yuqoriroq ekaniga e’tibor qaratadi.
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatga Eron hududi orqali 3,9 mlrd dollarlik import yuklari kirib kelgan. Bu jami importning qariyb 9 foiziga teng. Shuningdek, Eron orqali 1,4 mlrd dollarlik O‘zbekiston eksporti tashilgan.
Mehr xulosasiga ko‘ra, sanksiyalar moliyaviy operatsiyalarni qiyinlashtirishi mumkin, ammo Eronni Markaziy Osiyoni Fors ko‘rfazi va ochiq dengizlarga bog‘lovchi tranzit yo‘nalish sifatida butunlay chetga chiqarish ancha murakkab.
Natsionalniy flag Irana nad Tegeranom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
O‘zbekiston va YeOII
Yaqin Sharq mojarosi fonida Eron savdoni shimoliy yo‘nalishga qayta yo‘naltirmoqda — YeIK
Yangiliklar lentasi
0