Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Og‘ir yo‘qotishlar tufayli Ukraina Xarkov viloyatiga yollanma askarlarni yubordi

© RIA NovostiRossiyskie voyennie v zone provedeniya spetsoperatsii.
Rossiyskie voyennie v zone provedeniya spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2026
Obuna bo‘lish
Xarkov viloyatidagi qamalni yorib o‘tish uchun UQKning 127-brigadasini xorijiy yollanma askarlar bilan to‘ldirdi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Ukraina armiyasi qo‘mondonligi Xarkov viloyatidagi qamalni yorib o‘tish maqsadida UQKning 127-brigadani xorijiy yollanma askarlar bilan to‘ldirdi, deb xabar qildi RIA Novosti agentligiga Rossiya xavfsizlik idoralari.
Rossiyaning "Shimol" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatida qamal qilingan UQK kuchlarni yo‘q qilishda davom etmoqda. Ukraina ushbu hududda jiddiy yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Qamalni yorib o‘tish uchun Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi 127-alohida motorli brigadaning hujum guruhlarini yaqinda yollangan va Ukrainaga kelgan xorijiy yollanmalar bilan kuchaytirdi", dedi agentlik manbasi.
Mudofaa vazirligi sentabr oyi boshida e’lon qilganidek, armiya Xarkov viloyatining shimoliy qismida, Reznikovo va yana bir necha aholi punktlarini qurshovga olgan edi. Vazirlik ma’lum qilishiga ko‘ra 7-sentabr holatiga qamalda taxminan 1700 ukrainalik harbiy xizmatchi bo‘lgan.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, qamal qilingan hudud 460 kvadrat kilometr maydonni egallaydi va 27 ta aholi punktini o‘z ichiga oladi. Uning yo‘q qilinishi Belgorod viloyatining chegara hududlaridan aloqa chizig‘ini kamida 20 kilometr orqaga suradi.
Shanba kuni "Shimol" guruhi matbuot markazi rahbari Vasiliy Mejevix ta’kidlaganidek, oy boshidan beri qamalda 675 dan ortiq dushman askari, 16 ta zirhli jangovar mashina, 10 ta avtomobil, 13 ta ATV va 25 ta yer usti robot tizimlari yo‘q qilingan.
Yangiliklar lentasi
0