Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishZayavlenie prezidenta SShA D. Trampa
Zayavlenie prezidenta SShA D. Trampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2026
Obuna bo‘lish
Yangi qonunda Rossiyadan importga 500% gacha va bojlar belgilangan, lekin ular avtomatik kuchga kirmaydi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar qildi Oq uy.
"Prezident Rossiyaga qarshi qonuniy sanksiyalar, tariflar va taqiqlarni tasdiqlovchi va kengaytiruvchi hamda Eronga qarshi mavjud sanksiyalarni uzaytiruvchi H.R. 5334 sonli Lindsi Grem*ning 2026-yilgi Rossiya-Eron sanksiyalari to‘g‘risidagi qonunini imzoladi", - deyiladi bayonotda.
Yangi qonunda belgilangan choralarning o‘zi avtomatik ravishda kuchga kirmaydi - Amerika rahbari ularni o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishi mumkin.
Payshanba kuni Vakillar palatasi tashabbus muallifi, marhum senator Lindsi Grem* nomi bilan atalgan yangi cheklovlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat Rossiyadan importga 500% gacha va Moskvaning energiya resurslarini sotib oluvchi beshta eng yirik davlatdan tovarlarga 100% gacha bo‘lgan tarifni nazarda tutadi. Bir nechta qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng, qonun loyihasiga Eronga oid bo‘lim qo‘shildi. Unda Tehronga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni 2031-yilgacha uzaytirish taklif qilingan. Tramp bu tashabbusni ilgari surdi.
Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyaga 30 000 dan ortiq sanksiyalar qo‘llanildi - bu barcha mamlakatlarga nisbatan qo‘llanilganidan deyarli ikki baravar ko‘p. Biroq, bu Rossiya iqtisodiyotini o‘sishdan to‘tata olmadi. Ammo ushbu cheklov choralarni qo‘llagan davlatlara esa budjet taqchilligi, davlat qarzining o‘sishi va sanoatning pasayishi ko‘rinishidagi og‘ir oqibatlarga duch kelmoqdalar.
* Rossiyaning terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0