Rossiya va O‘zbekiston soliqchilari qaysi sohalarda hamkorlikni kengaytirmoqda?
15:38 19.09.2026 (yangilandi: 15:54 19.09.2026)
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Soliq ta’limi, sun’iy intellekt va raqamli yechimlardan tashqari, samaradorlik va soliq to‘lovchining yagona hisobvarag‘ini yaratish borasida ham tajriba almashilmoqda.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston soliq idoralari mutaxassislarini tayyorlash, o‘zaro tajriba almashish va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirmoqda.
Bu haqida Sputnik matbuot markazida O‘zbekiston va Rossiya Soliq xizmati mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan videoko‘prik chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
Rossiya FSX Kasbiy rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Sergey Tokarevning ta’kidlashicha, tomonlar qo‘shma o‘quv dasturlarini kengaytirish, ekspertlar bilan almashish va ikki davlat mutaxassislari uchun xalqaro amaliyotlar tashkil etishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining Xalqaro soliq munosabatlari boshqarmasi boshlig‘i Umid Azizov aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston soliq to‘lovchining yagona soliq hisobvarag‘ini qo‘llash bo‘yicha Rossiya tajribasini o‘rganib chiqdi va o‘z tizimini joriy etishda undan foydalanmoqda. Bu borada o‘zbekistonlik mutaxassislar rossiyalik hamkasblaridan tezkor ko‘mak va amaliy savollarga javob olmoqda.
Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston ixtisoslashgan ta’lim muassasalari orasida hamkorlikning yangi bosqichini boshlamoqda, dedi FSX LAB akademiyasi rektori Ivan Yefremov.
FSX LAB akademiyasi va O‘zbekiston Soliq oliy maktabi o‘rtasidagi yangi kelishuv yanada tizimli hamkorlikka o‘tish — qo‘shma ta’lim dasturlarini o‘tkazish, o‘qituvchi va talabalar bilan almashish, amaliyotlar tashkil etish va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkonini beradi, dedi mutaxassis.