https://oz.sputniknews.uz/20260918/ypx-osmir-hukm-60537692.html
BMWda YPX xodimini urib ketib, uning o‘limiga sababchi o‘smirga hukm o‘qildi
BMWda YPX xodimini urib ketib, uning o‘limiga sababchi o‘smirga hukm o‘qildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda fevralda BMW’da YPX xodimini urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 16 yoshli Doniyor Turg‘unovga sud hukmi o‘qildi. U jabrlanuvchining vafotiga sabab bo‘lgan qasddan bandanga og‘ir shikast yetkazishda ayblanib, 2-yil 4 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
2026-09-18T15:31+0500
2026-09-18T15:31+0500
2026-09-18T15:31+0500
jamiyat
toshkent
sud
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1e/45906196_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_57309817b6e8dbd767aeb611b7598675.jpg
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumanida YPX inspektorini avtomobilda urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi hukmi bilan 16 yoshli sudlanuvchi Doniyor Turg‘unov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismining "d" bandi bo‘yicha (Jabrlanuvchining vafotiga sabab bo‘lgan darajada qasddan bandanga og‘ir shikast yetkazish) moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi.Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 85-moddasi (Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi) tartibida 2-yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.Hukmga ko‘ra, jazoni o‘tash muddati sudlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan 2026-yilning 27-fevraldan boshlab hisoblanadi.Voqea qanday bo‘lgan edi25 fevral kuni soat 21:30 larda tanishining opasiga tegishli bo‘lgan BMW rusumli avtomashina yuvish shaxobchasida qoldirilganligidan xabar topib, turargohda kaliti bilan qoldirilgan avtomashinani olib qochgan.Mirobod tumani Nukus ko‘chasida, u Yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovning piyodalar va boshqa harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport oqimini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.Barcha transport vositalari to‘xtagan bo‘lishiga qaramasdan, haydovchilik guvohnomasi va avtomashina hujjatlariga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan qonunbuzar javobgarlikdan qochish maqsadida oldi va yon tomonidagi avtomashinalarni keskin aylanib o‘tib, avariyaviy holat yuzaga keltirgan hamda xizmat vazifasini bajarayotgan Yo‘l-patrul xizmati xodimini avtomashinasi bilan urib, unga hayot uchun xavfli og‘ir tan jarohati yetkazgan holda harakatini davom ettirgan.Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha zarur tibbiy yordamga qaramasdan, IIV xodimi Hosilbek Eshnazarov 27-fevral kuni vafot etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260306/hosilbek-eshnazarov-oilasiga-uch-xonali-xonadon-sovga-qilindi-56130719.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1e/45906196_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_365dd6a13d14e50f29e13e91da44e9df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, sud
BMWda YPX xodimini urib ketib, uning o‘limiga sababchi o‘smirga hukm o‘qildi
16 yoshli sudlanuvchi jabrlanuvchining vafotiga sabab bo‘lgan qasddan bandanga og‘ir shikast yetkazishda ayblanib, 2-yil 4 oyga qamaoli.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumanida YPX inspektorini avtomobilda urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari
xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi hukmi bilan 16 yoshli sudlanuvchi Doniyor Turg‘unov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismining "d" bandi bo‘yicha (Jabrlanuvchining vafotiga sabab bo‘lgan darajada qasddan bandanga og‘ir shikast yetkazish) moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 85-moddasi (Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi) tartibida 2-yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Hukmga ko‘ra, jazoni o‘tash muddati sudlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan 2026-yilning 27-fevraldan boshlab hisoblanadi.
25 fevral kuni soat 21:30 larda tanishining opasiga tegishli bo‘lgan BMW rusumli avtomashina yuvish shaxobchasida qoldirilganligidan xabar topib, turargohda kaliti bilan qoldirilgan avtomashinani olib qochgan.
Mirobod tumani Nukus ko‘chasida, u Yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovning piyodalar va boshqa harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport oqimini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.
Barcha transport vositalari to‘xtagan bo‘lishiga qaramasdan, haydovchilik guvohnomasi va avtomashina hujjatlariga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan qonunbuzar javobgarlikdan qochish maqsadida oldi va yon tomonidagi avtomashinalarni keskin aylanib o‘tib, avariyaviy holat yuzaga keltirgan hamda xizmat vazifasini bajarayotgan Yo‘l-patrul xizmati xodimini avtomashinasi bilan urib, unga hayot uchun xavfli og‘ir tan jarohati yetkazgan holda harakatini davom ettirgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha zarur tibbiy yordamga qaramasdan, IIV xodimi Hosilbek Eshnazarov 27-fevral kuni vafot etdi.