https://oz.sputniknews.uz/20260918/toshkent-si-nazorat-60523238.html
Toshkent maktablarida davomatni SI nazorat qiladi
Toshkent maktablarida davomatni SI nazorat qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida o‘quvchilar davomatini nazorat qiluvchi “SI Davomat” tizimini joriy etish boshlandi. Tizim aqlli kameralar va Face ID texnologiyasi yordamida o‘quvchilarning darslarda ishtirokini qayd etadi. U ERP Maktab hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bu o‘z navbatida kasalligi sababli darsga kelmagan o‘quvchilarni uzrli sababsiz dars qoldirganlardan farqlash imkonini beradi.
2026-09-18T09:26+0500
2026-09-18T09:26+0500
2026-09-18T09:26+0500
jamiyat
maktab
sun’iy intellekt
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/12/60523338_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_91610cbec33f0ba21f6de16c8a123814.jpg
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Toshkent shahrida o‘quvchilar davomatini nazorat qiluvchi “SI Davomat” tizimini joriy etish boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, tizim aqlli kameralar va Face ID texnologiyasi yordamida o‘quvchilarning darslarda ishtirokini qayd etadi.Hozir “SI Davomat” Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu maktablarda jami 446 ta smart kamera o‘rnatilgan.Hokimlik xabariga ko‘ra, o‘quvchi uzrli sababsiz dars qoldirgan taqdirda uning ota-onasiga SMS-xabarnoma yuboriladi. Bu haqdagi ma’lumot avtomatik ravishda maktab direktori, profilaktika inspektori, Milliy gvardiya xodimi va mahalla vakillariga ham yetkaziladi.Tizim ERP Maktab hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bu o‘z navbatida kasalligi sababli darsga kelmagan o‘quvchilarni uzrli sababsiz dars qoldirganlardan farqlash imkonini beradi.Shuningdek, maktablarni davomat ko‘rsatkichlari asosida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish nazarda tutilgan. Tahlil natijalaridan ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni rag‘batlantirish hamda tegishli choralarni belgilashda foydalanish rejalashtirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260914/oquv-materiallar-ai-yaratilish-60440568.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/12/60523338_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_090c7fb8181462eb14e6f83f0980e423.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, sun’iy intellekt, toshkent
jamiyat, maktab, sun’iy intellekt, toshkent
Toshkent maktablarida davomatni SI nazorat qiladi
Endi kasalligi sababli darsga kelmagan o‘quvchilarni uzrli sababsiz dars qoldirganlardan farqlash mumkin.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Toshkent shahrida o‘quvchilar davomatini nazorat qiluvchi “SI Davomat” tizimini joriy etish boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, tizim aqlli kameralar va Face ID texnologiyasi yordamida o‘quvchilarning darslarda ishtirokini qayd etadi.
Hozir “SI Davomat” Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu maktablarda jami 446 ta smart kamera o‘rnatilgan.
Hokimlik xabariga ko‘ra, o‘quvchi uzrli sababsiz dars qoldirgan taqdirda uning ota-onasiga SMS-xabarnoma yuboriladi. Bu haqdagi ma’lumot avtomatik ravishda maktab direktori, profilaktika inspektori, Milliy gvardiya xodimi va mahalla vakillariga ham yetkaziladi.
Tizim ERP Maktab hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bu o‘z navbatida kasalligi sababli darsga kelmagan o‘quvchilarni uzrli sababsiz dars qoldirganlardan farqlash imkonini beradi.
Shuningdek, maktablarni davomat ko‘rsatkichlari asosida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish nazarda tutilgan. Tahlil natijalaridan ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni rag‘batlantirish hamda tegishli choralarni belgilashda foydalanish rejalashtirilmoqda.