Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Ukrainadagi mojaro tugaguniga qadar Rossiya bilan bitimlar tuzishi mumkin – NYT

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishRossiya va AQSh bayroqlari, arxiv surat
Rossiya va AQSh bayroqlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2026
Obuna bo‘lish
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ehtimoliy kelishuvlar Vashingtonning Moskva bilan munosabatlarni qayta tiklash niyatining jiddiyligini ko‘rsatishi mumkin.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Moskva bilan muzokaralarga yangicha yondashuv doirasida Ukrainadagi mojaro tugamasdan turib ham Rossiya bilan biznes kelishuvlarini tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The New York Times” gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.
Amerikalik amaldor nashrga bergan intervyusida bunday kelishuvlar AQShning Rossiya bilan munosabatlarni qayta tiklash niyatining jiddiyligini ko‘rsatishi mumkinligini aytgan. Gazetaning qayd etishicha, bu yondashuv Trampning avvalgi pozitsiyasidan farq qiladi.
Muzokaralarga yaqin bo‘lgan ikki manbaning gazetaga ma’lum qilishicha, Vashington endi mojaro tugamasdan turib ham Rossiya bilan bitimlar tuzishga ruxsat bermoqda.
Gazetaning yozishicha, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Amerika rahbarining kuyovi Jared Kushner “Rossiyani jangovar harakatlarni to‘xtatishga qiziqtirishning yangi usullarini izlamoqda”. Nashrning ta’kidlashicha, hozircha qanday bitimlar haqida gap ketayotgani haqida ma’lumot yo‘q.
Oy boshida Ukrainadagi mojaro hal etish maqsadida AQSh vositachilik harakatlarini yana faollashtirdi: 5-sentabr kuni Tramp vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Kremlga kelib, Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi, ertasi kuni esa Zelenskiy bilan uchrashish uchun Kiyevga yo‘l oldi.
Rossiya va Amerika tomonlari bu aloqalarni samarali deb baholab, Qo‘shma Shtatlar ishtirokida uch tomonlama muzokaralar boshlanishi mumkinligini bildirdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ta’kidlashicha, Putin Trampning konstruktiv hamkorlikka intilishini qo‘llab-quvvatladi va telefon orqali Vashington mojaroni tugatish uchun qanday qadamlar tashlashi mumkin bo‘lishini belgilab berdi.
Izobrajenie sgenerirovano II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Moskva Trampning taklifini ma’qulladi, ammo bir nozik jihati bor
Yangiliklar lentasi
0