Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xarkovdagi qurshov: Rossiya qo‘shinlari Malaya Volchyani nazoratga oldi

© RIA NovostiBoyevaya rabota rascheta ustanovki RSZO "Uragan". Arxivnoe foto
Boyevaya rabota rascheta ustanovki RSZO Uragan. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2026
Obuna bo‘lish
Xarkov viloyatidagi Malaya Volchya Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tdi, Zaporojye viloyatidagi Rozovka aholi punkti ozod qilindi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Rossiya armiyasining "Shimol" qo‘shinlari guruhi Xarkov viloyatidagi Malaya Volchya aholi punktini nazoratga oldi, "Sharq" qo‘shinlari guruhi esa Zaporojye viloyatidagi Rozovkani ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Shimol" bo‘linmalari Xarkov viloyatida qurshov halqasini qisqartirish va tashqi nazorat zonasini kengaytirishni davom ettirmoqda.
© Sputnik"Kotol" dlya VSU v Xarkovskoy oblasti
Kotol dlya VSU v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2026
"Kotol" dlya VSU v Xarkovskoy oblasti

Sentabr oyi boshidan qurshovda jami 650 nafardan ortiq ukrain harbiylari, 16 ta jangovar zirhli mashina, to‘qqizta avtomobil, 13 ta kvadrotsikl va 25 ta yer usti robotlashtirilgan tizimi yo‘q qilindi.

Tashqi nazorat zonasini kengaytirish jarayonida Prikolotnoe va Novoaleksandrovka aholi punktlari hududlarini yorib o‘tishga uringan guruhlar ham yo‘q qilindi.
Avvalroq 7-sentabr holatiga Xarkov viloyatidagi qurshovda 1,7 ming nafargacha ukrainalik harbiy qolgani ma’lum qilingan edi.
Rossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Qurshov halqasi qisqarmoqda: Rossiya qo‘shinlari uch aholi punktini ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0