https://oz.sputniknews.uz/20260917/china-uzbekistan-bozor-60497520.html
Xitoy O‘zbekiston tarvuzi uchun bozorini ochdi — navbatda yana 7 mahsulot
Xitoy O‘zbekiston tarvuzi uchun bozorini ochdi — navbatda yana 7 mahsulot
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy tarvuz eksporti protokolini imzoladi. Tomonlar yana 7 turdagi mahsulot, go‘sht va sut eksporti, elektron sertifikatlar, laboratoriyalar va bojxona ma’lumotlarini almashishni muhokama qildi.
2026-09-17T09:58+0500
2026-09-17T09:58+0500
2026-09-17T10:10+0500
bojxona
bojxona qo‘mitasi
raqamli texnologiyalar
eksport
go‘sht
meva-sabzavot
oziq-ovqat
iqtisod
xitoy
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/11/60496677_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_dcd3784c5084fc46c95376fcd4d36817.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy yangi uzilgan tarvuzni Xitoy bozoriga eksport qilish bo‘yicha fitosanitar talablarni kelishib oldi. Tegishli bayonnoma Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov va Xitoy Bosh bojxona ma’muriyati rahbari Sun Mey Jun uchrashuvi yakunida imzolandi.Shuningdek, oziq-ovqat va o‘simlik mahsulotlari uchun elektron sertifikatlarni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ish rejasi qabul qilindi.Tomonlar Xitoy bozoriga yana 7 turdagi mahsulot — olma, nok, piyoz, xurmo, quritilgan anjir, tariq va kungaboqar urug‘ini eksport qilish bo‘yicha fitosanitar jarayonlarni tezlashtirishni muhokama qildi.Hozir Xitoyga O‘zbekistondan fitosanitar sertifikat asosida 38 turdagi meva-sabzavot mahsulotini eksport qilish mumkin. 2025-yilda ushbu bozorga 193 ming tonna mahsulot 210 mln dollarga yetkazib berilgan.Veterinariya yo‘nalishida O‘zbekiston go‘shti va go‘sht mahsulotlarini Xitoy bozoriga kiritish jarayoni, shuningdek, sut va sut mahsulotlari uchun bozorni ochish masalasi ko‘rib chiqildi. Buning uchun veterinariya nazorati tizimini baholash, talablarni kelishish, korxonalarni inspeksiyadan o‘tkazish va Xitoy reyestriga kiritish talab etiladi.Sun Mey Jun tashrif davomida Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov bilan ham uchrashdi.Shuningdek, laboratoriyalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik mutaxassislarni Xitoyda o‘qitish va stajirovkaga yuborish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishga kelishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260803/uzbekistan-euea-bojxona-tizim-59464838.html
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/11/60496677_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_5e4d548ea74e65c38157c4fd5d4ed344.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bojxona, bojxona qo‘mitasi, raqamli texnologiyalar, eksport, go‘sht, meva-sabzavot, oziq-ovqat, iqtisod, xitoy, o‘zbekiston
bojxona, bojxona qo‘mitasi, raqamli texnologiyalar, eksport, go‘sht, meva-sabzavot, oziq-ovqat, iqtisod, xitoy, o‘zbekiston
Xitoy O‘zbekiston tarvuzi uchun bozorini ochdi — navbatda yana 7 mahsulot
09:58 17.09.2026 (yangilandi: 10:10 17.09.2026) Tashrif yakunlari bo‘yicha tarvuz eksportiga doir hujjat imzolandi, yana 7 mahsulot, go‘sht va sut bo‘yicha jarayonlar muhokama qilindi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy yangi uzilgan tarvuzni Xitoy bozoriga eksport qilish bo‘yicha fitosanitar talablarni kelishib oldi. Tegishli bayonnoma Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov va Xitoy Bosh bojxona ma’muriyati rahbari Sun Mey Jun uchrashuvi yakunida
imzolandi.
Shuningdek, oziq-ovqat va o‘simlik mahsulotlari uchun elektron sertifikatlarni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ish rejasi qabul qilindi.
Tizim sertifikatlarni elektron almashish, ularning haqiqiyligini tez tekshirish va rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutadi.
Tomonlar Xitoy bozoriga yana 7 turdagi mahsulot — olma, nok, piyoz, xurmo, quritilgan anjir, tariq va kungaboqar urug‘ini eksport qilish bo‘yicha fitosanitar jarayonlarni tezlashtirishni muhokama qildi.
Hozir Xitoyga O‘zbekistondan fitosanitar sertifikat asosida 38 turdagi meva-sabzavot mahsulotini eksport qilish mumkin. 2025-yilda ushbu bozorga 193 ming tonna mahsulot 210 mln dollarga yetkazib berilgan.
Veterinariya yo‘nalishida O‘zbekiston go‘shti va go‘sht mahsulotlarini Xitoy bozoriga kiritish jarayoni, shuningdek, sut va sut mahsulotlari uchun bozorni ochish masalasi ko‘rib chiqildi. Buning uchun veterinariya nazorati tizimini baholash, talablarni kelishish, korxonalarni inspeksiyadan o‘tkazish va Xitoy reyestriga kiritish talab etiladi.
Sun Mey Jun tashrif davomida Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov bilan ham uchrashdi.
Tomonlar bojxona ma’lumotlarini elektron almashish, elektron tijorat, bond omborlari, ekspress jo‘natmalarni nazorat qilish, doimiy ishchi guruh tuzish va "Yagona darcha" tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi.
Shuningdek, laboratoriyalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik mutaxassislarni Xitoyda o‘qitish va stajirovkaga yuborish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishga kelishildi.