Jahon shaxmat yulduzlari Samarqandda: 46-Butunjahon olimpiadasi boshlandi

© SputnikV Samarkande dali start 46-y Vsemirnoy shaxmatnoy olimpiade
V Samarkande dali start 46-y Vsemirnoy shaxmatnoy olimpiade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2026
Obuna bo‘lish
Dunyo shaxmatining eng nomdor grossmeysterlari jamlangan turnir doirasida FIDE kongressi ham o‘tkazilib, xalqaro federatsiyaning yangi prezidenti saylanadi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi rasman boshlandi. Birinchi tur bugun, 16-sentabr kuni o‘tkaziladi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Olimpiadada 207 ta ochiq va 190 ta ayollar jamoasi — jami 397 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bellashuvlar 11 turdan iborat bo‘lib, 27-sentabrga qadar davom etadi.
O‘zbekiston mezbon davlat sifatida ochiq va ayollar bahsida uchtadan jamoa bilan qatnashadi. Asosiy erkaklar tarkibida Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov bor.
© SputnikV Samarkande dali start 46-y Vsemirnoy shaxmatnoy olimpiade
V Samarkande dali start 46-y Vsemirnoy shaxmatnoy olimpiade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2026
V Samarkande dali start 46-y Vsemirnoy shaxmatnoy olimpiade
O‘zbekiston 2022-yilgi olimpiada g‘olibi va 2024-yilgi bronza medali sohibi hisoblanadi. AQSh, Hindiston, O‘zbekiston va Xitoy ochiq turnirning eng yuqori reytingli jamoalari qatorida.
Samarqandga jahon shaxmatining taniqli vakillari ham kelgan. Ular orasida amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju, sobiq jahon chempioni Din Lijen, Fabiano Karuana va Uesli So bor. Magnus Karlsen va Hikaru Nakamura esa olimpiadada ishtirok etmaydi.
Besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida Samarqandda. Olimpiada bilan bir vaqtda bu yerda FIDEning 97-kongressi ham o‘tkaziladi.
26 sentabr kuni FIDEning yangi prezidenti saylanadi. Bu lavozim uchun Yan Xenrik Buttner, Vadim Rozenshteyn va Timur Turlov nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Kongress doirasida FIDEning keyingi to‘rt yillik rahbariyati shakllantiriladi, shuningdek, 2030-yilgi shaxmat olimpiadasi mezboni ham tanlanadi.
FIDE uchredila premiyu za vidayushiyesya dostijeniya v shaxmatax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
FIDE shaxmatda yangi mukofot ta’sis etdi — ilk g‘oliblar Samarqandda e’lon qilinadi
Yangiliklar lentasi
0