Lavrov Yekaterinburgda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi — video

Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yekaterinburgda Xalqaro yoshlar festivali ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro yoshlar festivalida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
“Yangi dunyo arxitekturasi: Sergey Lavrov bilan ochiq muloqot” sessiyasida dolzarb tashqi siyosat masalalari, ko‘p qutbli dunyo shakllanishi hamda bu jarayonda yosh avlodning o‘rni muhokama qilindi. Tadbir TIVning MGIMO universiteti va Rossiyaning “Znanie” ("Bilim") jamiyati tomonidan tashkil etilgan.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Festival ishtirokchilari Rossiya tashqi ishlar vaziriga o‘z savollarini berib, javob oldi.
Ma’lumot uchun: Xalqaro yoshlar festivali 11–17 sentabr kunlari Yekaterinburgda o‘tkazilmoqda. Festivalda Rossiya va xorijiy davlatlardan, shu jumladan, O‘zbekistondan ham 10 ming nafar yosh ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0