O‘zbekistonga 9,1 mln turist keldi — eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar

Obuna bo‘lish
Rossiya O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlar orasida turistlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Xitoydan keluvchilar soni esa Afg‘oniston ko‘rsatkichiga yaqinlashdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 9 102 729 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 mln nafarga yoki 21,1 foizga ko‘p.
O‘zbekistonga eng ko‘p turist Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va Afg‘onistondan kelgan.
Shu tariqa, Rossiya O‘zbekiston bilan umumiy chegaraga ega bo‘lmagan davlatlar orasida turistlar oqimi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
Xitoydan esa sakkiz oyda qariyb 318,5 ming turist kelgan. Bu ko‘rsatkich top-5 likdagi Afg‘oniston natijasiga yaqinlashgan.
Yangiliklar lentasi
0