https://oz.sputniknews.uz/20260915/uzbekistan-kia-elektromobillar-60463123.html
O‘zbekistonda yangi "Kia" modellari va elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin
O‘zbekistonda yangi "Kia" modellari va elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Koreyada Lotte, Hyundai, Kia, Hyundai Rotem, Shinhan va KIND rahbarlari bilan uchrashdi. Avtomobilsozlik, bank, tezurar poyezdlar, yangi aeroport va muhim minerallar bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.
2026-09-15T16:55+0500
2026-09-15T16:55+0500
2026-09-15T17:21+0500
shavkat mirziyoyev
janubiy koreya
seul
avtomobil
tezurar poyezd
toshkent
bank
kredit
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0f/60462952_0:238:1828:1266_1920x0_80_0_0_e10a12b2d5e7eaf121f093cd27bcc4e6.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida mamlakatning qator yirik kompaniyalari va moliya tashkilotlari rahbarlari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Avtomobillar va tezurar poyezdlar"Hyundai Motor Group", "Kia Motors" va "Hyundai Rotem" rahbarlari bilan Jizzaxdagi avtomobil klasterida ishlab chiqarishni kengaytirish va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi."Hyundai Rotem" bilan qo‘shimcha tezurar poyezdlar yetkazib berish, O‘zbekistonda kompaniya servis markazini ochish, butlovchi qismlar hamda elektr dvigatellari uchun magnitlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi."Shinhan Bank" O‘zbekistonga kirishi mumkin"Shinhan Financial Group" bilan O‘zbekiston tijorat banklariga kredit liniyalari ajratish bo‘yicha kelishuv imzolangani qayd etildi.Tomonlar O‘zbekistonda "Shinhan Bank" shu’ba bankini tashkil etish, "yashil" kreditlar, raqamli banking hamda kichik va o‘rta biznes uchun yangi moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildi.Yangi aeroport atrofi uchun master-rejaKIND korporatsiyasi bilan Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi. Rejada aeroport, zamonaviy logistika xablari va turar joy infratuzilmasini yagona tizimga birlashtirish nazarda tutilmoqda.Tomonlar transport va ijtimoiy infratuzilma loyihalari uchun qo‘shma investitsiya platformasi tashkil etilganini ham qayd etdi.Incheon International Airport Corporation rahbariyati bilan Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va Toshkentning yangi aeroporti qurilishi loyihalarini muhokama qilindi. Kompaniya Toshkentda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda. Uning negizida aeroportlarni boshqarish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha kompetensiyalar markazini tashkil etish taklif qilindi.Muhim minerallar va yangi texnologiyalarKoreya Eksport-import banki bilan muhim minerallarni qayta ishlash, Biomarkaz tashkil etish va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni jadallashtirish muhokama qilindi. Strategik muhim minerallar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma jamg‘arma ishga tushirilgan."Lotte Group" bilan esa mis folgasi ishlab chiqarish, developerlik, mehmonxona va turizm markazlarini boshqarish sohalarida hamkorlik muhokama qilindi. Loyihalar ijrosini kuzatib borish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260914/uzbekistan-south-korea-hujjat-imzolanish-60439119.html
seul
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0f/60462952_205:237:1578:1266_1920x0_80_0_0_fdd26cdbf698b99202198564d6019f36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, janubiy koreya, seul, avtomobil, tezurar poyezd, toshkent, bank, kredit, iqtisod, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, janubiy koreya, seul, avtomobil, tezurar poyezd, toshkent, bank, kredit, iqtisod, o‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi "Kia" modellari va elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin
16:55 15.09.2026 (yangilandi: 17:21 15.09.2026) O‘zbekistonda yangi "Kia" modellari, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish, "Shinhan Bank" shu’ba bankini ochish va yangi aeroport atrofini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida mamlakatning qator yirik kompaniyalari va moliya tashkilotlari rahbarlari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Avtomobillar va tezurar poyezdlar
"Hyundai Motor Group", "Kia Motors" va "Hyundai Rotem" rahbarlari bilan Jizzaxdagi avtomobil klasterida ishlab chiqarishni kengaytirish va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda yangi "Kia" modellarini ishlab chiqarish, presslash sexini ishga tushirish, shuningdek, elektr va gibrid avtomobillar yig‘ish istiqbollari muhokama qilindi.
"Hyundai Rotem" bilan qo‘shimcha tezurar poyezdlar yetkazib berish, O‘zbekistonda kompaniya servis markazini ochish, butlovchi qismlar hamda elektr dvigatellari uchun magnitlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
"Shinhan Bank" O‘zbekistonga kirishi mumkin
"Shinhan Financial Group" bilan O‘zbekiston tijorat banklariga kredit liniyalari ajratish bo‘yicha kelishuv imzolangani qayd etildi.
Tomonlar O‘zbekistonda "Shinhan Bank" shu’ba bankini tashkil etish, "yashil" kreditlar, raqamli banking hamda kichik va o‘rta biznes uchun yangi moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Yangi aeroport atrofi uchun master-reja
KIND korporatsiyasi bilan Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi. Rejada aeroport, zamonaviy logistika xablari va turar joy infratuzilmasini yagona tizimga birlashtirish nazarda tutilmoqda.
Tomonlar transport va ijtimoiy infratuzilma loyihalari uchun qo‘shma investitsiya platformasi tashkil etilganini ham qayd etdi.
Incheon International Airport Corporation rahbariyati bilan Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va Toshkentning yangi aeroporti qurilishi loyihalarini muhokama qilindi. Kompaniya Toshkentda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda. Uning negizida aeroportlarni boshqarish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha kompetensiyalar markazini tashkil etish taklif qilindi.
Muhim minerallar va yangi texnologiyalar
Koreya Eksport-import banki bilan muhim minerallarni qayta ishlash, Biomarkaz tashkil etish va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni jadallashtirish muhokama qilindi. Strategik muhim minerallar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma jamg‘arma ishga tushirilgan.
Shuningdek, yarimo‘tkazgichlar va yangi materiallarni ishlab chiqish hamda sinovdan o‘tkazish markazini tashkil etish imkoniyatini o‘rganish taklif qilindi.
"Lotte Group" bilan esa mis folgasi ishlab chiqarish, developerlik, mehmonxona va turizm markazlarini boshqarish sohalarida hamkorlik muhokama qilindi. Loyihalar ijrosini kuzatib borish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishildi.