O‘zbekiston AES uchun yana bir reaktor texnologiyasini o‘rganadi

© Agentstvo "Uzatom"Uzbekistan predstavil model integrirovannoy AES na Vsemirnom yadernom simpoziume v Londone
Uzbekistan predstavil model integrirovannoy AES na Vsemirnom yadernom simpoziume v Londone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston CANDU reaktorlarini mamlakatda qo‘llash imkoniyatini o‘rganadi. Bu bo‘yicha "AtkinsRéalis" kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston CANDU reaktorlarini mamlakatda qo‘llash imkoniyatini o‘rganadi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi Londonda o‘tgan 51-Butunjahon yadro simpoziumi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
Agentlikka ko‘ra, "AtkinsRéalis" kompaniyasi bilan muzokaralarda CANDU reaktorlarining imkoniyatlarini o‘rganish va ularni O‘zbekistonda qo‘llash maqsadga muvofiqligini baholashga kelishib olindi. Hozircha gap yangi reaktor qurish to‘g‘risidagi qaror emas, balki texnologiyani o‘rganish haqida bormoqda.
Simpoziumda O‘zbekiston dunyodagi birinchi integratsiyalashgan AES loyihasini amalga oshirish tajribasini ham taqdim etdi. Jizzax viloyatida barpo etilayotgan stansiya bir maydonchada ikkita VVER-1000 katta quvvatli energobloki va har biri 55 MVt bo‘lgan ikkita RITM-200N kichik quvvatli reaktorini birlashtiradi.
Ruanda Atom energiyasi kengashi raisi Lassina Zerbo O‘zbekiston tajribasini rivojlanayotgan davlatlar uchun ibratli deb baholadi va “O‘zatom”ning sohadagi muvofiqlashtiruvchi rolini qayd etdi.
Tashrif doirasida Fransiyaning "Orano" kompaniyasi bilan yadro yoqilg‘isi sikli va ishlatilgan yadro yoqilg‘isi bilan muomala qilish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar maslahatlashuvlarni davom ettirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarning Fransiyadagi sohaviy obyektlarga tashrifini tashkil etishga kelishdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Butunjahon yadro assotsiatsiyasiga to‘laqonli a’zo bo‘lish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Mamlakat Butunjahon yadro universiteti tadbirlarini o‘tkazishga nomzod davlatlar qatoriga kiritildi.
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2026
Yil oxirigacha AES bo‘yicha loyiha hujjatlarini yakunlash ko‘zda tutilgan – O‘zatom
Yangiliklar lentasi
0