Alisher Usmonov bo‘yicha bahs sabab YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 6 oyga uzaytira olmadi

© NOKAlisher Usmanov izbran prezidentom FIE
Alisher Usmanov izbran prezidentom FIE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2026
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi cheklovlarni vaqtincha yetti kunga — 22-sentabrgacha uzaytirdi. Fransiya va Slovakiya Usmonovni ro‘yxatdan chiqarishni so‘ramoqda.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi shaxsiy sanksiyalarni odatdagidek olti oyga uzaytirish bo‘yicha kelisha olmadi. Cheklovlar vaqtincha yana yetti kunga — 22-sentabr yarim tunigacha uzaytirildi.
"Reuters" ma’lumotiga ko‘ra, kelishmovchilikning asosiy masalalaridan biri asli kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish bilan bog‘liq. Fransiya Slovakiyaga qo‘shilib, uni ro‘yxatdan olib tashlashni so‘ragan.
YeI diplomatlarining agentlikka ma’lum qilishicha, Parij o‘z pozitsiyasini milliy xavfsizlik bilan bog‘liq masala bilan izohlagan.

Fransiya diplomatik manbasi mamlakat Usmonov masalasida xalqaro hamkorlarning murojaatiga ijobiy javob berishni istashini bildirgan.

YeIning amaldagi shaxsiy sanksiyalari qariyb 3 ming nafar jismoniy va yuridik shaxsni qamrab oladi. Ular aktivlarni muzlatish va jismoniy shaxslarning YeI hududiga kirishini cheklashni nazarda tutadi.
Ushbu sanksiyalar 15-sentabrda tugashi kerak edi. Ularni har olti oyda uzaytirish uchun YeIning barcha 27 ta davlati roziligi talab qilinadi.
Qo‘shimcha muhokamalar uchun YeI davlatlari sanksiyalarni 22-sentabrgacha saqlab turishga kelishdi.
Usmonov YeI va AQSh sanksiyalari ostida. U Yevropada sanksiyalar bekor qilinishiga erishish maqsadida bir qator sud ishlarini ham boshlagan.
"Bloomberg Billionaires Index" ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil boshida Usmonovning boyligi 18,8 mlrd dollarga baholangan.
Goroda mira. Parij - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya gazidan voz kechib, Germaniya, Italiya va Fransiya sanoatini yo‘q qilyapmiz — Dupon-Enyan
Yangiliklar lentasi
0