Budjet pullari qayerga sarflandi — asosiy raqamlar ochiqlandi

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Jamshid Kuchkarov predstavil otchot ob ispolnenii gosbudjeta za pervoe polugodie 2026 goda
Jamshid Kuchkarov predstavil otchot ob ispolnenii gosbudjeta za pervoe polugodie 2026 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2026
Obuna bo‘lish
Daromadlar 207,4 trln so‘mga yetdi, xarajatlarning yarmidan ko‘pi ijtimoiy sohaga yo‘naltirildi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida energetika va issiqlik ta’minotida tariflar farqini qoplashga qariyb 5 trln so‘m subsidiya yo‘naltirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha hisobotni muhokama qilish chog‘ida ma’lum qilindi.
Hisobotni bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov taqdim etdi.
Yarim yillikning asosiy ko‘rsatkichlari:
YaIM 8,5 foizga o‘sdi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 12,4 mlrd dollarga yetdi;
oltinni hisobga olmaganda eksport 31,6 foizga o‘sib, 14,4 mlrd dollarni tashkil qildi;
davlat budjeti daromadlari 207,4 trln so‘mga yetdi — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63,2 trln so‘mga ko‘p;
ijtimoiy sohani moliyalashtirishga 105,8 trln so‘m yoki jami budjet xarajatlarining 51,5 foizi yo‘naltirildi.
Jami 13 trln so‘mlik subsidiyalarning 5,5 trln so‘mi nodavlat maktabgacha ta’lim, jamoat transporti, ijara va kontrakt to‘lovlari kabi ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarga, qariyb 5 trln so‘mi esa energetika va issiqlik ta’minotida tariflar farqini qoplashga ajratildi.
Shuningdek, ipoteka kreditlariga 814,2 mlrd so‘m subsidiya berildi, "Tashabbusli budjet"ga 3,2 trln so‘m, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini yaxshilashga 837,2 mlrd so‘m yo‘naltirildi.
Deputatlar ayrim yo‘nalishlarda mablag‘lar rejaga nisbatan to‘liq o‘zlashtirilmaganini tanqid qildi. Shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarining samaradorligini baholash hamda budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanishni barvaqt aniqlash ishlari yetarli darajada emasligi qayd etildi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi 2026-yil birinchi yarim yilligi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqladi.
Videoselektornoe soveshanie po organizatsii deyatelnosti maxallinskoy semerki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
Mahallalarga 240 mlrd so‘m resurs va yangi vakolatlar beriladi
Yangiliklar lentasi
0