https://oz.sputniknews.uz/20260913/uzbekistan-south-korea-hamkorlar-60417656.html
Koreya bosh vazir o‘rinbosari: O‘zbekiston va Koreya — eng yaxshi hamkorlar
Koreya bosh vazir o‘rinbosari: O‘zbekiston va Koreya — eng yaxshi hamkorlar
Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya bosh vazir o‘rinbosari Ku Yun Chxol ikki davlatni “eng yaxshi hamkorlar” deb atadi. U 13-sentabr kuni Seulga davlat tashrifi bilan kelgan Shavkat Mirziyoyevni aeroportda kutib oldi.
2026-09-13T17:46+0500
2026-09-13T17:46+0500
2026-09-14T10:07+0500
siyosat
hamkorlik
seul
janubiy koreya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0d/60417466_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_8604f4bcbaf637f645814c6e6b513be3.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Janubiy Koreya bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol O‘zbekiston va Koreyani “eng yaxshi hamkorlar” deb atadi. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Yonhap" axborot agentligi xabar berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.Ku Yun Chxol O‘zbekiston — Koreya mahalliy hokimiyatlari hamkorlik forumida hududlarning o‘ziga xos ustunliklaridan foydalanib, boshqa joyda takrorlab bo‘lmaydigan qo‘shma loyihalarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.13 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan Seulga davlat tashrifi bilan keldi. "Yonhap" ma’lumotiga ko‘ra, ularni Seul aeroportida Ku Yun Chxol kutib oldi.Koreya prezidenti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev va Li Chje Monning ikki tomonlama muzokaralari 14-sentabr kuni tushdan keyin bo‘lib o‘tadi. 16-sentabrda esa birinchi “Koreya — Markaziy Osiyo” sammiti o‘tkazilib, uning yakunlari bo‘yicha Seul deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260731/ozbekistonning-top-5-tashqi-savdo-hamkorlari-59417268.html
seul
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0d/60417466_183:0:1200:763_1920x0_80_0_0_fc369b633e9c537e278b90ab32c2ca8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, hamkorlik, seul, janubiy koreya, o‘zbekiston
siyosat, hamkorlik, seul, janubiy koreya, o‘zbekiston
Koreya bosh vazir o‘rinbosari: O‘zbekiston va Koreya — eng yaxshi hamkorlar
17:46 13.09.2026 (yangilandi: 10:07 14.09.2026) Janubiy Koreya bosh vazir o‘rinbosari Ku Yun Chxol O‘zbekiston va Koreyani “eng yaxshi hamkorlar” deb atab, hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Janubiy Koreya bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol O‘zbekiston va Koreyani “eng yaxshi hamkorlar” deb atadi. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Yonhap" axborot agentligi
xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.
Ku Yun Chxol O‘zbekiston — Koreya mahalliy hokimiyatlari hamkorlik forumida hududlarning o‘ziga xos ustunliklaridan foydalanib, boshqa joyda takrorlab bo‘lmaydigan qo‘shma loyihalarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.
Janubiy Koreya tomoni bunday loyihalarni tashqi iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi — EDCF va boshqa moliyaviy mexanizmlar orqali qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kompaniyalar va mahalliy hokimiyatlar duch kelayotgan muammolarni hal etishga ko‘maklashish niyatida.
13 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan Seulga davlat tashrifi bilan keldi. "Yonhap" ma’lumotiga ko‘ra, ularni Seul aeroportida Ku Yun Chxol kutib oldi.
Koreya prezidenti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev va Li Chje Monning ikki tomonlama muzokaralari 14-sentabr kuni tushdan keyin bo‘lib o‘tadi. 16-sentabrda esa birinchi “Koreya — Markaziy Osiyo” sammiti o‘tkazilib, uning yakunlari bo‘yicha Seul deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.