O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga raketa va dron hujumlarini qoraladi - nima sodir bo‘ldi?

© Sputnik / Vitaliy BelousovBoyes spespodrazdeleniya na ulitse Bagdada
Boyes spespodrazdeleniya na ulitse Bagdada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga dron va raketa hujumlarini qoralab, Yaqin Sharqda keskinlik kuchayishidan xavotir bildirdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 12-sentabr kuni Yaqin Sharqda vaziyat yanada keskinlashishi, jumladan, Saudiya Arabistoni hududiga raketa va dron hujumlari munosabati bilan bayonot berdi.
Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatishni, shuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligi va xalqaro kema qatnoviga tahdid soluvchi harakatlarni keskin qoraladi.
Bayonotga sabab bo‘lgan so‘nggi voqealardan biri 10-sentabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod va Madina hududlaridan o‘tuvchi “Sharq–G‘arb” neft quvuriga qilingan hujum bo‘ldi.
Saudiya Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bir nechta zarba oqibatida odamlar jabrlangan, quvur esa ehtiyot chorasi sifatida vaqtincha to‘xtatilgan.
Saudiya TIV keyinroq dronlar Iroq hududidan uchirilganini ma’lum qildi. Ar-Riyod Iroq bosh vazirining Bagdodga zarur choralarni ko‘rish uchun vaqt berish haqidagi iltimosidan so‘ng hozircha javob qaytarmaslikka qaror qildi.
Shu bilan birga, Saudiya o‘z suvereniteti, xavfsizligi va muhim infratuzilmasini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rish huquqini saqlab qolishini bildirdi.
Iroqdagi tekshiruvlardan so‘ng hujumlar mamlakat janubidagi Maysan viloyati hududidan amalga oshirilgani tasdiqlandi. Bosh vazir viloyatdagi operatsiyalar qo‘mondonini lavozimidan ozod qildi va tergov o‘tkazishni buyurdi.
Keyinroq Maysan politsiyasi boshlig‘i ham ishdan olindi. Viloyatdagi xavfsizlik idoralari rahbarlari lavozimlaridan chetlatilib, tergovga jalb qilindi. Iroq Eron bilan chegaradagi ayrim o‘tish punktlarida ham vaqtincha xavfsizlik va tekshiruv choralarini kuchaytirdi.
O‘zbekiston TIV davlatlar suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurligini ta’kidladi. Mavjud kelishmovchiliklarni faqat siyosiy-diplomatik vositalar, muloqot va o‘zaro hurmat asosida hal etish lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, Toshkent BMT va mintaqa davlatlarining Yaqin Sharqda keskinlikni yumshatish, mojaroning yanada kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va barqaror tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Storonniki xusitov podnimayut flag Xezbolli vo vremya antiizrailskogo i antiamerikanskogo mitinga v Sane, Yemen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2026
Yamanda xutiylar Bob al-Mandeb bo‘g‘ozini nazorat ostiga oldi
Yangiliklar lentasi
0