https://oz.sputniknews.uz/20260913/mehmonxonalar-yangi-standart-60410780.html
Mehmonxonalarda "o‘zbek nonushtasi" va B&B: yangi standart kuchga kirdi
Mehmonxonalarda "o‘zbek nonushtasi" va B&B: yangi standart kuchga kirdi
Sputnik O‘zbekiston
12 sentabrdan O‘zbekistonda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari uchun yangi milliy standart amal qila boshladi. U B&B formati, milliy nonushta va inklyuziv infratuzilmaga yangi talablarni belgilaydi ham.
2026-09-13T11:29+0500
2026-09-13T11:29+0500
2026-09-13T11:29+0500
turizm
turizm qo‘mitasi
mehmonxona
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/14/00/140084_0:80:3072:1808_1920x0_80_0_0_11f3776ec288f7092222ba3f410067c8.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 12-sentabrdan mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari uchun O‘zMSt 958:2026 yangi milliy standarti amal qila boshladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.Hujjat avval amal qilgan O‘z DSt 3220:2023 standarti o‘rnini egalladi. Yangi tahrirda “B&B mehmonxona” tushunchasi kiritildi.Standartda milliylikka ham alohida e’tibor qaratilgan. Mehmonxonalarda “o‘zbek nonushtasi”ni taqdim etish, milliy suvenirlar va hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan maxsus maydonlar tashkil etish nazarda tutilgan.Shuningdek, binoda va unga tutash hududda ko‘zi ojizlar uchun taktil plitkali maxsus yo‘laklar bo‘lishi kerak.Ayni paytda ayrim avvalgi talablar bekor qilindi. Jumladan, elektron tizimga integratsiyalangan plastik magnit kalitlar, vaqtincha foydalanish uchun velosiped hamda turistik va sport inventari berish, shuningdek, shovqin darajasiga oid talablar yangi tahrirdan chiqarildi.Bundan tashqari, 3-sentabrdan kuchga kirgan boshqa o‘zgarishga ko‘ra, “o‘zbek nonushtasi” I, II va III toifalarga bo‘lindi. Mehmonxona nonushta darajasini o‘zining yulduz toifasiga mos ravishda taqdim etishi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20260616/davlat-mehmonxona-yashil-sertifikat-58366623.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/14/00/140084_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_a6ad522af0e78d855c7e34e2e7f4ffbf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, turizm qo‘mitasi, mehmonxona, yangi qonun
turizm, turizm qo‘mitasi, mehmonxona, yangi qonun
Mehmonxonalarda "o‘zbek nonushtasi" va B&B: yangi standart kuchga kirdi
Yangi talablar B&B mehmonxonalari, "o‘zbek nonushtasi", suvenir maydonlari hamda ko‘zi ojizlar uchun yo‘laklarni qamrab oladi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 12-sentabrdan mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari uchun O‘zMSt 958:2026 yangi milliy standarti amal qila boshladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Hujjat avval amal qilgan O‘z DSt 3220:2023 standarti o‘rnini egalladi. Yangi tahrirda “B&B mehmonxona” tushunchasi kiritildi.
Bu — yashash va/yoki nonushta xizmatini taklif qiladigan budjet joylashtirish vositasi. Bunday mehmonxonalarda ikki va undan ortiq nomerga xizmat qiladigan sanuzellarni nomerdan tashqarida joylashtirishga ruxsat beriladi.
Standartda milliylikka ham alohida e’tibor qaratilgan. Mehmonxonalarda “o‘zbek nonushtasi”ni taqdim etish, milliy suvenirlar va hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan maxsus maydonlar tashkil etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, binoda va unga tutash hududda ko‘zi ojizlar uchun taktil plitkali maxsus yo‘laklar bo‘lishi kerak.
Ayni paytda ayrim avvalgi talablar bekor qilindi. Jumladan, elektron tizimga integratsiyalangan plastik magnit kalitlar, vaqtincha foydalanish uchun velosiped hamda turistik va sport inventari berish, shuningdek, shovqin darajasiga oid talablar yangi tahrirdan chiqarildi.
Talablar joylashtirish turiga qarab uch guruhga ajratilgan: mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, B&B mehmonxonalari, shuningdek xostel va kapsulali xostellar.
Bundan tashqari, 3-sentabrdan kuchga kirgan boshqa o‘zgarishga ko‘ra, “o‘zbek nonushtasi” I, II va III toifalarga bo‘lindi. Mehmonxona nonushta darajasini o‘zining yulduz toifasiga mos ravishda taqdim etishi kerak.