113 ming ariza, 10 ming ishtirokchi: Yekaterinburgda yoshlar festivali o‘tmoqda

© Kuxmar KirillMejdunarodniy festival molodej - 2026
Mejdunarodniy festival molodej - 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 191 ta mamlakatdan 10 ming nafar yoshni birlashtirgan Xalqaro yoshlar festivali davom etmoqda.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 191 ta mamlakatdan 10 ming nafar yosh ishtirok etayotgan Xalqaro yoshlar festivali — 2026 davom etmoqda. Bu haqda festival direksiyasi ma’lum qildi.
Tadbir 11-sentabrda boshlangan va 17-sentabrga qadar davom etadi. Unda Rossiyadan 5 ming va xorijiy davlatlardan yana 5 ming nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Festivalda ishtirok etish uchun 191 ta mamlakatdan 113 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. Yakuniy saralash natijasida 10 ming nafar yosh Yekaterinburgga taklif qilingan.

Xorijiy delegatsiyalar ilk bor kasbiy yo‘nalishlar asosida shakllantirildi. Ishtirokchilar axborot texnologiyalari, kreativ industriyalar, media, sport, ilm-fan, tadbirkorlik, davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarni namoyon etmoqda.
O‘zbekiston ham festivalga qiziqish yuqori bo‘lgan davlatlardan biri. Asosiy ro‘yxatga olish yakunlariga ko‘ra, respublika xorijiy mamlakatlar orasida arizalar soni bo‘yicha birinchi o‘nlikka kirgan.
Festival doirasida alohida bolalar dasturi ham tashkil etilgan. Unda 99 mamlakatdan 14–17 yoshdagi ming nafar o‘smir qatnashmoqda.
Tadbirning asosiy maydonlari “Yekaterinburg-Ekspo” xalqaro ko‘rgazma markazi va Ural federal universiteti kampusida joylashgan. Dasturga munozaralar, amaliy mashg‘ulotlar, madaniy va sport tadbirlari, ko‘rgazmalar hamda xalqaro muloqot maydonchalari kiritilgan.
Studentov tashkentskogo filiala NIYaU MIFI priglasili na Vsemirniy festival molodeji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2026
Toshkentdagi "MMFI" MTAU talabalari Butunjahon yoshlar festivaliga taklif etildi
Yangiliklar lentasi
0