https://oz.sputniknews.uz/20260912/poytaxt-tumanlari-oz-salohiyatidan-kelib-chiqib-aniq-yonalishlarga-ixtisoslashishi-lozim--60387883.html
Poytaxt tumanlari salohiyatiga qarab aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashtiriladi
Poytaxt tumanlari salohiyatiga qarab aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
2027 yilda Toshkentga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilib, 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi. 12.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-12T10:00+0500
2026-09-12T10:00+0500
2026-09-12T10:09+0500
prezident
shavkat mirziyoyev
toshkent
poytaxt
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0c/60387980_0:56:1280:776_1920x0_80_0_0_b65db10ef79bb0ebbb0c35895d85742b.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Poytaxt tumanlari, o‘z salohiyatidan kelib chiqib, aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashishi lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda. Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida zamonaviy biznes va moliyaviy markazlarni ko‘paytirish orqali 2 milliard dollarlik kapital bozorini shakllantirish hamda 20-25 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish mumkin. ️Olmazor, Chilonzor va Uchtepada esa ta’lim, tibbiyot, savdo va servis sohalarida kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, 15-20 mingta ish o‘rni yaratish salohiyati mavjud, deb qayd etildi majlisda.Undan tashqari prezident investitsiya, masalalarida ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, kelgusi yilda poytaxtga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilish hamda 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Poytaxtning tarixiy qismi – Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 1-noyabrga qadar yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfelini ishlab chiqish topshirildi.Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev samarasiz foydalanilayotgan davlat idoralari binolari tadbirkorlarga uzoq muddatli ijaraga berishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Mas’ullarga davlat idoralari binolarini xatlovdan o‘tkazib, maqbul maydonlarni tadbirkorlarga kafolatli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish topshirildi.Prezident, shuningdek, aholi bandligini oshirish, shahar ko‘chalarida tirbandliklarning oldini olish, yoshlar orasida huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalarida ham to‘xtalib o‘tdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0c/60387980_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_bce604ec45c79e1465d89944262e28e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident, shavkat mirziyoyev, toshkent, poytaxt, investitsiya
prezident, shavkat mirziyoyev, toshkent, poytaxt, investitsiya
Poytaxt tumanlari salohiyatiga qarab aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashtiriladi
10:00 12.09.2026 (yangilandi: 10:09 12.09.2026) 2027 yilda Toshkentga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilib, 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Poytaxt tumanlari, o‘z salohiyatidan kelib chiqib, aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashishi lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda.
X️susan Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarida Toshkentga kirib kelayotgan yuklarni saralash, qadoqlash, taqsimlash va yetkazib berishga ixtisoslashgan yirik logistika majmualarini tashkil etish uchun katta imkoniyat bor.
Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida zamonaviy biznes va moliyaviy markazlarni ko‘paytirish orqali 2 milliard dollarlik kapital bozorini shakllantirish hamda 20-25 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish mumkin.
️Olmazor, Chilonzor va Uchtepada esa ta’lim, tibbiyot, savdo va servis sohalarida kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, 15-20 mingta ish o‘rni yaratish salohiyati mavjud, deb qayd etildi majlisda.
Undan tashqari prezident investitsiya, masalalarida ham to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, kelgusi yilda poytaxtga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilish hamda 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Poytaxtning tarixiy qismi – Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 1-noyabrga qadar yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfelini ishlab chiqish topshirildi.
Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev samarasiz foydalanilayotgan davlat idoralari binolari tadbirkorlarga uzoq muddatli ijaraga berishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Bugun Toshkentda umumiy maydoni 765 ming kvadrat metr bo‘lgan 497 ta ma’muriy bino mavjud. Davlat tashkilotlarini maqbul tarzda joylashtirish, bo‘sh va samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, servis, xususiy tibbiyot va ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish zarur, deb qayd etildi yig‘ilishda.
Mas’ullarga davlat idoralari binolarini xatlovdan o‘tkazib, maqbul maydonlarni tadbirkorlarga kafolatli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish topshirildi.
Prezident, shuningdek, aholi bandligini oshirish, shahar ko‘chalarida tirbandliklarning oldini olish, yoshlar orasida huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalarida ham to‘xtalib o‘tdi.