Mirziyoyev Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi – muhokama qilingan masalalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini bog‘laydigan logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yetakchilar O‘zbekiston – Armaniston munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Shu ma’noda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish dolzarb ekani alohida qayd etildi.
Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini bog‘laydigan logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish orqali o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston rahbari mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot uchun mustahkam asos bo‘ladigan Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.
Ikki va ko‘p tomonlama, shu jumladan, BMT va MDH doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Premyer-ministr Nikol Pashinyan vo vremya press-konferensii (22 maya 2023). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
O‘zbekiston va YeOII
Armaniston besh yillik hukumat dasturida YeOII bilan hamkorlikni ustuvor deb belgiladi
Yangiliklar lentasi
0