https://oz.sputniknews.uz/20260911/aholi-emlash-60366219.html
Xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi bo‘lganda aholini emlash tartibi belgilandi
Xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi bo‘lganda aholini emlash tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Emlangan har bir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar emlash o‘tkazilgan zahoti Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritiladi. 11.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-11T12:21+0500
2026-09-11T12:21+0500
2026-09-11T12:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/18/42185643_0:223:2849:1826_1920x0_80_0_0_c7362e0ce9ce6443e8eada37a915b5a9.jpg
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekistonda karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lganda aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish tartibi belgilandi.Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan hujjatga ko‘ra, profilaktik emlash bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida joriy etiladi.Profilaktik emlashni joriy etishga yuqumli kasallikning hududda aniqlanishi, kasallikning keng tarqalishi yoki ayrim guruhlarga yuqishi asos bo‘ladi.Profilaktik emlash davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan vaksinalar bilan amalga oshiriladi.Profilaktik emlashda shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, vaksinaga sezuvchanlik, ilgarigi og‘ir allergik reaksiya va boshqa qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi aniqlanadi.Shaxsga vaksina va uning ehtimoliy ta’siri, emlashdan keyingi kuzatuv hamda emlashni rad etishning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumot beriladi.Profilaktik emlangan har bir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar emlash o‘tkazilgan zahoti Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritiladi.Profilaktik emlangan shaxs dastlabki 30 daqiqa tibbiyot xodimi, keyingi 3 kun davomida esa shifokor va patronaj hamshira kuzatuvida bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230728/bolalar-profilaktik-emlashlar-taqvim-37354723.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/18/42185643_60:0:2791:2048_1920x0_80_0_0_5b32cf2b1d5fd99bd8ff79be3139232b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, emlash
jamiyat, o‘zbekiston, emlash
Xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi bo‘lganda aholini emlash tartibi belgilandi
Emlangan har bir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar emlash o‘tkazilgan zahoti Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritiladi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekistonda karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lganda aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan
hujjatga ko‘ra, profilaktik emlash bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida joriy etiladi.
Profilaktik emlashni joriy etishga yuqumli kasallikning hududda aniqlanishi, kasallikning keng tarqalishi yoki ayrim guruhlarga yuqishi asos bo‘ladi.
Emlash birinchi navbatda kasallikni yuqtirish yoki boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, kasallik o‘chog‘ida bemor bilan muloqotda bo‘lganlar hamda epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha emlanishi lozim bo‘lgan shaxslardan boshlanadi.
Profilaktik emlash davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan vaksinalar bilan amalga oshiriladi.
Profilaktik emlashda shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, vaksinaga sezuvchanlik, ilgarigi og‘ir allergik reaksiya va boshqa qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi aniqlanadi.
Shaxsga vaksina va uning ehtimoliy ta’siri, emlashdan keyingi kuzatuv hamda emlashni rad etishning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumot beriladi.
Profilaktik emlangan har bir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar emlash o‘tkazilgan zahoti Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritiladi.
Profilaktik emlangan shaxs dastlabki 30 daqiqa tibbiyot xodimi, keyingi 3 kun davomida esa shifokor va patronaj hamshira kuzatuvida bo‘ladi.