O‘zbekiston vakillari Minskda Interpol bo‘yicha MDH uchrashuvida qatnashdi

© Ispolnitelniy komitet SNGVstrecha glav natsionalnix sentralnix buro Interpola gosudarstv – uchastnikov SNG
Vstrecha glav natsionalnix sentralnix buro Interpola gosudarstv – uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2026
Obuna bo‘lish
Xalqaro qidiruv, transmilliy jinoyatlarni fosh etish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini takomillashtirish muhokamasi asosiy mavzu bo‘ldi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi vakillari 9-sentabr kuni Minskda MDH davlatlari Interpol milliy markaziy burolari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi idoralari vakillari qatnashdi. Interpol Bosh kotibiyati, BAA va Xitoy vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Asosiy e’tibor mamlakatlar o‘rtasida Interpol kanallari orqali tezkor axborot almashinuvini rivojlantirishga qaratildi.
Tomonlar xalqaro qidiruv, transmilliy jinoyatlarni fosh etish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.
Alohida mavzu Interpol faoliyatida betaraflik tamoyiliga rioya etish bo‘ldi. Tashkilot ustaviga ko‘ra, Interpol siyosiy, harbiy, diniy yoki irqiy tusdagi ishlarga aralashmasligi kerak. Shu nuqtayi nazardan, axborotni qayta ishlash qoidalarini takomillashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Forumda MDHning uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyat turlariga qarshi kurashni muvofiqlashtirish burosi ham qatnashdi. 1993-yilda tashkil etilgan ushbu tuzilma MDH davlatlari IIVlari o‘rtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, narkotiklar savdosi va xalqaro qidiruv yo‘nalishlarida hamkorlikni muvofiqlashtiradi.

O‘zbekiston Interpolga 1994-yil 28-sentabrda a’zo bo‘lgan. Mamlakatning Milliy markaziy burosi Toshkentda joylashgan va Interpolning xalqaro politsiya tarmog‘i orqali boshqa davlatlar bilan ma’lumot almashadi.

KengaytirishYig‘ishtirish
V Minske proshlo ocherednoe zasedanie Koordinatsionnogo komiteta nachalnikov svazi voorujennix sil gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
O‘zbekiston MDH davlatlari qurolli kuchlari aloqa boshliqlari yig‘ilishida qatnashdi
Yangiliklar lentasi
0