Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatida ikki aholi punktini nazoratga oldi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota podrazdeleniya spesnaza "Axmat" na Xarkovskom napravlenii SVO
Boyevaya rabota podrazdeleniya spesnaza Axmat na Xarkovskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2026
Obuna bo‘lish
Avvalroq Ozornoe aholi punkti ham nazoratga olingan edi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining "Shimol" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatidagi Zarubinka va Goptovka aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Zarubinka tashqi qurshov halqasidagi nazorat hududini kengaytirish bo‘yicha faol harakatlar natijasida egallandi. Goptovka esa hujum harakatlari davomida nazoratga olindi.
Olxovatka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining umumiy soni 180 nafargacha bo‘lgan ikki batalon bo‘linmalari to‘sib qo‘yildi. Malaya Volchya va Buzovo aholi punktlari hududlarida Ukraina harbiy bo‘linmalariga zarbalar berildi.
Qurshovdan chiqishga bo‘lgan barcha urinishlarning oldi olindi.
Avvalroq "Shimol" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatidagi Ozornoe aholi punktini ham nazoratga olgan edi.
Shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari tunda Ukrainaning logistika markazlari va dengiz portlariga, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlarida foydalanilayotgan kemalarga guruhli zarbalar berdi.
Nikolayev shahrida Ukraina Qurolli kuchlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish apparatlari ombori nishonga olindi.
Odessa viloyatidagi "Chernomorsk" portida xorijdan keltirilayotgan harbiy yuklarni tushirish va saqlash uchun foydalanilgan bojxona terminali taqsimlash markazi infratuzilmasiga shikast yetkazildi.
Bundan tashqari, "Odessa" portiga dengiz orqali yo‘l olgan, Ukraina Qurolli kuchlari uchun yuk tashiyotgan ikkita quruq yuk tashuvchi kema va ularni kuzatib borayotgan shatakchi kema ham nishonga olindi.
Boyevaya rabota podrazdeleniya spesnaza Axmat na Xarkovskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Dolgenkoe va Bereznikini nazoratga oldi — Xarkovda qurshov toraymoqda
Yangiliklar lentasi
0