Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi. Markaz 2030-yilgacha 20–25 mlrd dollar investitsiya jalb qilish va 15 mingtagacha yuqori malakali ish o‘rni yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Prezident farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining bosh kotibi hisoblanadi. U kengash kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi va rais ishtirok etmagan majlislarga raislik qiladi.U markaz nomidan O‘zbekistonda va xorijda investorlar, xalqaro tashkilotlar va hamkorlar bilan muzokaralarda qatnashish, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi.Boshqaruvchi kadrlar bo‘yicha qarorlarda ham ishtirok etadi. Jumladan, Moliya markazi ma’muriyati ijrochi direktori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritadi.
Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirish va investorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Prezident farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining bosh kotibi hisoblanadi. U kengash kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi va rais ishtirok etmagan majlislarga raislik qiladi.
Saida Mirziyoyeva, shuningdek, markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish, birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash hamda davlat idoralari va markaz tuzilmalari o‘rtasida hamkorlikni muvofiqlashtiradi.
U markaz nomidan O‘zbekistonda va xorijda investorlar, xalqaro tashkilotlar va hamkorlar bilan muzokaralarda qatnashish, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Boshqaruvchi kadrlar bo‘yicha qarorlarda ham ishtirok etadi. Jumladan, Moliya markazi ma’muriyati ijrochi direktori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritadi.
Toshkent xalqaro moliya markazi
Prezident Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni 2026-yil iyulida imzoladi. Markaz xorijiy investitsiya va moliya kompaniyalarini jalb qilish uchun maxsus huquqiy va moliyaviy rejimga ega hudud sifatida tashkil etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, markaz 2030-yilgacha iqtisodiyotga qo‘shimcha 20–25 mlrd dollar jalb qilishi, YaIM o‘sishiga har yili qo‘shimcha 1 foizgacha hissa qo‘shishi va 15 mingtagacha yuqori malakali ish o‘rni yaratishi mumkin.
Markaz hududida maxsus huquqiy rejim amal qiladi. Jumladan, belgilangan shartlarda Angliya va Uels huquqi prinsiplaridan foydalanish, xalqaro tijorat sudi va arbitraj mexanizmlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.