https://oz.sputniknews.uz/20260910/indonesia-uzbekistanga-ziyoratchilar-60336117.html
239 mln musulmon yashaydigan Indoneziyadan O‘zbekistonga ziyoratchilar oqimi oshiriladi
239 mln musulmon yashaydigan Indoneziyadan O‘zbekistonga ziyoratchilar oqimi oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Indoneziyalik investorlar Samarqand va Buxoroga reyslar, mehmonxonalar va restoran loyihalariga qiziqmoqda. Ziyoratchilarni jalb qilish uchun “Umra plyus”, $100 subsidiya va blogerlar orqali targ‘ibot ham rejalashtirilgan.
2026-09-10T13:04+0500
2026-09-10T13:04+0500
2026-09-10T13:08+0500
ziyorat turizmi
turizm
turizm qo‘mitasi
sayyohlar
bloger
indoneziya
o‘zbekiston
umra
turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/16/55194329_65:141:1106:727_1920x0_80_0_0_54e421cf864d572831f182159df79821.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston qariyb 239 million musulmon yashaydigan Indoneziyadan ziyoratchilar oqimini oshirish uchun yangi turizm loyihalarini rivojlantirmoqda. Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Indoneziyaning EGI Resources kompaniyasi bosh direktori Erslan Gazali Ibrahim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.Indoneziya bozorida O‘zbekistonni targ‘ib qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Indoneziyalik turoperatorlar uchun infoturlar, mashhur bloger va inflyuyenserlar uchun press-turlar tashkil etish, ziyorat, madaniy va gastronomik turizmni mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish taklif etildi.Bu yo‘nalishda davlatlar o‘rtasida ham muzokaralar faollashgan. 8-sentabr kuni Aqqulov Indoneziya Haj va Umra vaziri Muhammad Irfan Yusuf bilan “Umra plyus” dasturi, Toshkent–Jakarta va tarixiy shaharlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqdi.Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Indoneziyada har yili 2 milliondan ortiq kishi Haj va Umra ziyoratiga boradi. O‘zbekistonda esa 1,2 mingdan ziyod ziyorat maskani mavjud. Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi hududida indoneziyalik investorlar ishtirokida besh yulduzli “Hadith Hotel” ham ishga tushirilgan. "EGI Resources" bilan esa Toshkentdagi “Kampoeng Indonesia Hotel” loyihasi ustida hamkorlik olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260514/uzbekistan-indonesia-islom-moliya-muhokama-57558962.html
indoneziya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/16/55194329_122:0:1091:727_1920x0_80_0_0_42a10d0ecb7bc07f00349cd570847671.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ziyorat turizmi, turizm, turizm qo‘mitasi, sayyohlar, bloger, indoneziya, o‘zbekiston, umra, turizm
ziyorat turizmi, turizm, turizm qo‘mitasi, sayyohlar, bloger, indoneziya, o‘zbekiston, umra, turizm
239 mln musulmon yashaydigan Indoneziyadan O‘zbekistonga ziyoratchilar oqimi oshiriladi
13:04 10.09.2026 (yangilandi: 13:08 10.09.2026) O‘zbekiston Indoneziyadan ziyoratchilar oqimini oshirish uchun aviareyslar, yangi mehmonxonalar va maxsus turlarni rivojlantirmoqda.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston qariyb 239 million musulmon yashaydigan Indoneziyadan ziyoratchilar oqimini oshirish uchun yangi turizm loyihalarini rivojlantirmoqda. Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Indoneziyaning EGI Resources kompaniyasi bosh direktori Erslan Gazali Ibrahim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Tomonlar Indoneziyadan Samarqand va Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar, yangi mehmonxonalar va indonez milliy taomlari restoranini ochish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Indoneziya bozorida O‘zbekistonni targ‘ib qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Indoneziyalik turoperatorlar uchun infoturlar, mashhur bloger va inflyuyenserlar uchun press-turlar tashkil etish, ziyorat, madaniy va gastronomik turizmni mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish taklif etildi.
Bu yo‘nalishda davlatlar o‘rtasida ham muzokaralar faollashgan. 8-sentabr kuni Aqqulov Indoneziya Haj va Umra vaziri Muhammad Irfan Yusuf bilan “Umra plyus” dasturi, Toshkent–Jakarta va tarixiy shaharlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Indoneziyada har yili 2 milliondan ortiq kishi Haj va Umra ziyoratiga boradi. O‘zbekistonda esa 1,2 mingdan ziyod ziyorat maskani mavjud.
Indoneziyadan sayyoh jalb qilgan mahalliy turoperatorlarga har bir turist uchun 100 dollar subsidiya ajratilishi ham belgilangan.
Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi hududida indoneziyalik investorlar ishtirokida besh yulduzli “Hadith Hotel” ham ishga tushirilgan. "EGI Resources" bilan esa Toshkentdagi “Kampoeng Indonesia Hotel” loyihasi ustida hamkorlik olib borilmoqda.