Toshkentda SputnikPRO: zamonaviy media uchun video, montaj va neyrotarmoqlar

© SputnikAlona Rutchina
Alona Rutchina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2026
Obuna bo‘lish
SputnikPRO ishtirokchilari video formatlari, tezkor montaj, neyrotarmoqlar va voqea joyida samarali ishlash usullarini o‘rganadi.
17 sentabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida SputnikPRO loyihasi doirasida “Tasvirga olish, montaj, neyrotarmoqlar: zamonaviy media qanday vositalardan foydalanadi?” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Spiker — yaqin xorij davlatlaridagi Sputnik produseri, Sputnik Tojikiston muxbiri Alona Rutchina.
Rutchina ma’lumoti bo‘yicha rejissor, jurnalistikadagi faoliyatini "Birinchi kanal"da boshlagan. U Sputnik uchun videokontent — intervyular, TikTok formatidagi qisqa yangiliklar va voqea joyidan reportajlar tayyorlash bo‘yicha katta tajribaga ega.
Shuningdek, u Rossiya va xorijda yuqori darajadagi rasmiylar ishtirokidagi yirik tadbirlarni yoritgan. Ular orasida “Armiya” xalqaro harbiy-texnik forumi, “Armiya o‘yinlari”, KAZANFORUM 2024, Sankt-Peterburgdagi Xalqaro Yevroosiyo ayollar forumi va MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiya yig‘ilishlari bor.
© SputnikAfisha leksii SputnikPRO: "Syemka, montaj, neyroseti: kakie instrumenti ispolzuyut sovremennie media?"
Afisha leksii SputnikPRO: Syemka, montaj, neyroseti: kakie instrumenti ispolzuyut sovremennie media? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2026
Afisha leksii SputnikPRO: "Syemka, montaj, neyroseti: kakie instrumenti ispolzuyut sovremennie media?"
Uchrashuvda turli platformalar uchun mos video formatlari, kontentni tezkor qayta ishlash va montaj qilish imkonini beruvchi ilovalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalari va ularning jurnalist vaqtini tejashdagi imkoniyatlari haqida so‘z boradi.
Alohida blok voqea joyida tezkor ishlashga bag‘ishlanadi. Ishtirokchilar nima uchun birinchi bo‘lish muhimligi, oddiy yangilikdan eksklyuziv material tayyorlash va axborotning birlamchi manbasiga aylanish usullarini muhokama qiladi.
Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi kontaktlar orqali yozilish mumkin:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Yangiliklar lentasi
0