https://oz.sputniknews.uz/20260909/russia-ozbekistonlik-qaytish-60322622.html
O‘n kunda Rossiyadan 96 mingdan ziyod o‘zbekistonlik vatanga qaytdi
O‘n kunda Rossiyadan 96 mingdan ziyod o‘zbekistonlik vatanga qaytdi
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi 10 kunda Rossiyadan 96 415 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytdi. Shu davrda 6,4 mingdan ziyod murojaat qabul qilinib, 5,4 mingdan ortiq fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
2026-09-09T17:44+0500
2026-09-09T17:44+0500
2026-09-09T17:44+0500
migratsiya
migrantlar
migratsiya agentligi
rossiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38669552_0:100:1920:1180_1920x0_80_0_0_0a459b6418ee7d7761cac5fc8460ac3c.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. So‘nggi 10 kunda Rossiyadan 96 415 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytdi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.Ularning 54 885 nafari O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 41 530 nafari esa Qozog‘iston orqali qaytgan.Shu davrda Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mas’ul idoralarga Rossiyadagi fuqarolardan 6 413 ta murojaat kelib tushdi. 5 467 nafar fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.Mas’ul idoralar ko‘magida 1 669 nafar fuqaro vatanga qaytarildi. Ularning 660 nafari aviaqatnov, 1 009 nafari avtobus orqali qaytdi.Moskva shahri hamda Tula, Kursk, Kaluga, Razan, Orol va Voronej hududlarida sayyor qabullar tashkil etilib, 3 ming nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi qamrab olindi.Shuningdek, 20 ta yirik ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazilib, 2,5 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha takliflar shakllantirildi.2026 yil oktabrdan fuqarolarni tashkiliy asosda ishga jalb etish bo‘yicha qo‘shma pilot loyihani amalga oshirish ham ko‘zda tutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260604/russia-mehnat-migratsiya-nazorat-ozgarish-58097171.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38669552_226:0:1757:1149_1920x0_80_0_0_999abc02681db712bc66fcbf9c8d47d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, migratsiya agentligi, rossiya, o‘zbekiston
migratsiya, migrantlar, migratsiya agentligi, rossiya, o‘zbekiston
O‘n kunda Rossiyadan 96 mingdan ziyod o‘zbekistonlik vatanga qaytdi
54 885 nafar fuqaro Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yana 41 530 nafari Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga qaytgan.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. So‘nggi 10 kunda Rossiyadan 96 415 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytdi. Bu haqda Migratsiya agentligi
ma’lum qildi.
Ularning 54 885 nafari O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 41 530 nafari esa Qozog‘iston orqali qaytgan.
Shu davrda Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mas’ul idoralarga Rossiyadagi fuqarolardan 6 413 ta murojaat kelib tushdi. 5 467 nafar fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Xususan, 2 681 nafar fuqaroga huquqiy yordam berildi, 726 nafarga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi, 272 nafar fuqaroning ishga joylashishiga ko‘maklashildi. 59 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatildi, 31 nafarning foydasiga ish haqi bo‘yicha qarzdorlik undirildi, yana 29 ta boshqa turdagi yordam ko‘rsatildi.
Mas’ul idoralar ko‘magida 1 669 nafar fuqaro vatanga qaytarildi. Ularning 660 nafari aviaqatnov, 1 009 nafari avtobus orqali qaytdi.
Moskva shahri hamda Tula, Kursk, Kaluga, Razan, Orol va Voronej hududlarida sayyor qabullar tashkil etilib, 3 ming nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi qamrab olindi.
Shuningdek, 20 ta yirik ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazilib, 2,5 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha takliflar shakllantirildi.
2026 yil oktabrdan fuqarolarni tashkiliy asosda ishga jalb etish bo‘yicha qo‘shma pilot loyihani amalga oshirish ham ko‘zda tutilmoqda.