O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM besh yilda 2,2 baravardan ziyod oshdi — besh yillik dinamika

Obuna bo‘lish
2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM qariyb 28 mln so‘mga yetdi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) 27 mln 950,1 ming so‘mni tashkil etgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 6,6 foizga ko‘p.
Besh yillik dinamika aholi jon boshiga YaIMning joriy narxlarda barqaror o‘sib borganini ko‘rsatmoqda. 2022-yilning birinchi yarmi bilan taqqoslaganda uning so‘mdagi hajmi 2,2 baravardan ko‘proq oshgan.
Shu bilan birga, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston YaIMning umumiy hajmi joriy narxlarda 1 072,7 trln so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiyot o‘tgan yilning mos davriga nisbatan real hisobda 8,5 foizga o‘sdi.
Aholi jon boshiga YaIMning 2022–2026 yillardagi o‘zgarishi — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0