https://oz.sputniknews.uz/20260908/token-tolov-vosita-60289812.html
O‘zbekistonda HUMO barqaror tokeni to‘lov vositasi sifatida sinovdan o‘tkaziladi
O‘zbekistonda HUMO barqaror tokeni to‘lov vositasi sifatida sinovdan o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1 so‘mga tenglashtirilgan HUMO barqaror tokeni bilan to‘lov qilish sinovdan o‘tkaziladi. Loyihada 20 dan ortiq tadbirkor ishtirok etishi, sinov esa uch yilgacha davom etishi mumkin.
2026-09-08T11:22+0500
2026-09-08T11:22+0500
2026-09-08T11:22+0500
kriptovalyuta
istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ilma)
markaziy bank
humo
elektron pullar
bank
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0b/51890623_0:2:3165:1782_1920x0_80_0_0_44f6f90684c421e7796973ab40121ba1.jpg
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 1 so‘mga tenglashtirilgan HUMO barqaror tokeni chiqarilib, undan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov vositasi sifatida foydalanish sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) matbuot xizmati xabar berdi.Tajriba-sinov loyihasi Markaziy bank bilan birgalikda amalga oshiriladi. Token davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlanadi.Loyiha doirasida HUMO barqaror tokenini chiqarish, muomalaga kiritish va so‘ndirish mexanizmlari sinovdan o‘tkaziladi. 1 HUMO 1 so‘mga tenglashtiriladi.Tajriba davomida HUMO tokenidan O‘zbekiston hududida rasmiy to‘lov vositasi sifatida, shuningdek, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarda foydalanish ko‘zda tutilgan. Loyihada 20 tadan ortiq tadbirkorlik subyekti ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.Loyihada hamkor sifatida kripto-depozitariy, kripto-birja va kripto-do‘kon faoliyati uchun tegishli litsenziyalarga ega “Asterium” AJ, shuningdek, banklar va boshqa tadbirkorlik subyektlari qatnashadi.Tajriba-sinov loyihasi uch yilgacha davom etishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260824/raqam-valyuta-steyblkoin-sinov-59933870.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0b/51890623_377:0:3108:2048_1920x0_80_0_0_e3f8d3906ec51077ecc5ef20ce6e27a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kriptovalyuta, istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ilma), markaziy bank, humo, elektron pullar, bank, iqtisod, o‘zbekiston
kriptovalyuta, istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ilma), markaziy bank, humo, elektron pullar, bank, iqtisod, o‘zbekiston
O‘zbekistonda HUMO barqaror tokeni to‘lov vositasi sifatida sinovdan o‘tkaziladi
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlangan HUMO tokeni chiqarilib, u bilan tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilish sinovdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 1 so‘mga tenglashtirilgan HUMO barqaror tokeni chiqarilib, undan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov vositasi sifatida foydalanish sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) matbuot xizmati
xabar berdi.
Tajriba-sinov loyihasi Markaziy bank bilan birgalikda amalga oshiriladi. Token davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlanadi.
Agentlik buyrug‘i bilan “Humo Digital” MChJ barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solish bo‘yicha maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Loyiha doirasida HUMO barqaror tokenini chiqarish, muomalaga kiritish va so‘ndirish mexanizmlari sinovdan o‘tkaziladi. 1 HUMO 1 so‘mga tenglashtiriladi.
Tajriba davomida HUMO tokenidan O‘zbekiston hududida rasmiy to‘lov vositasi sifatida, shuningdek, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarda foydalanish ko‘zda tutilgan. Loyihada 20 tadan ortiq tadbirkorlik subyekti ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishtirokchilarning bank, protsessing va blokcheyn infratuzilmalari o‘zaro integratsiya qilinadi.
Loyihada hamkor sifatida kripto-depozitariy, kripto-birja va kripto-do‘kon faoliyati uchun tegishli litsenziyalarga ega “Asterium” AJ, shuningdek, banklar va boshqa tadbirkorlik subyektlari qatnashadi.
Tajriba-sinov loyihasi uch yilgacha davom etishi rejalashtirilgan.