https://oz.sputniknews.uz/20260907/xizmat-itlar-giyohvandlik-vosita-musodara-60271182.html
Xizmat itlari yordamida 13 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi
Xizmat itlari yordamida 13 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xizmat itlari yordamida 13 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Endi ular CITES va Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlar kontrabandasini ham aniqlaydi.
2026-09-07T16:22+0500
2026-09-07T16:22+0500
2026-09-07T16:23+0500
bojxona
bojxona qo‘mitasi
chegara
giyohvand moddalar
narkotik
forum
hayvonlar
hayvonot bog‘i
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/07/60270303_0:240:2560:1680_1920x0_80_0_0_5b286c37761b6e56abe5e2e40763b774.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 2023-yildan 2026-yilning birinchi yarmiga qadar O‘zbekiston Milliy kinologiya markazida tayyorlangan xizmat itlari yordamida 13 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilingan. Bu haqda markaz direktori Farrux Qahhorov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Qahhorovning VII Global kinologiya forumi doirasida aytishicha, shu davrda xizmat itlari yordamida 43,5 kilogramm kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop moddalar, 88 kilogramm sintetik giyohvandlik vositalari, 60 ta qurol, 24 mingta patron, qariyb 15 kilogramm porox va 805 mingta tamaki mahsuloti ham aniqlangan.Shuningdek, 914 ming dollardan ortiq mablag‘ni noqonuniy olib chiqish holatlariga chek qo‘yilgan.Tayyorgarlik O‘zbekiston hayvonot bog‘i bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mashg‘ulotlarda hayvonot bog‘i taqdim etgan 16 turdagi yovvoyi hayvon namunalaridan foydalaniladi.Markaz xalqaro hamkorlik doirasida 15 ta hududiy o‘quv kursini ham tashkil etgan. Ularda ikki yuzga yaqin kinolog va xizmat itlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.O‘zbekiston bu yo‘nalishda Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Latviya, Litva, Eron, Armaniston, Tojikiston, Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda.Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Yan Sanders forumda noqonuniy savdo tarmoqlari davlat chegaralari bilan cheklanmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologiyalar qonuniy savdo uchun imkoniyat yaratishi bilan birga, uyushgan jinoyatchilik tomonidan ham qo‘llanilmoqda. Shu bois bojxona xizmatlarining ish usullari va xalqaro hamkorlik ham o‘zgarib borishi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20251205/central-asia-giyohvand-modda--malumot-berildi-53961405.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/07/60270303_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_bd97c392e21d0642c9cc8118e160bbdc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bojxona, bojxona qo‘mitasi, chegara, giyohvand moddalar, narkotik, forum, hayvonlar, hayvonot bog‘i, jamiyat, toshkent
bojxona, bojxona qo‘mitasi, chegara, giyohvand moddalar, narkotik, forum, hayvonlar, hayvonot bog‘i, jamiyat, toshkent
Xizmat itlari yordamida 13 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi
16:22 07.09.2026 (yangilandi: 16:23 07.09.2026) 2023 yildan 2026-yilning birinchi yarmiga qadar xizmat itlari yordamida 13 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 2023 yildan 2026-yilning birinchi yarmiga qadar O‘zbekiston Milliy kinologiya markazida tayyorlangan xizmat itlari yordamida 13 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilingan. Bu haqda markaz direktori Farrux Qahhorov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Qahhorovning VII Global kinologiya forumi doirasida aytishicha, shu davrda xizmat itlari yordamida 43,5 kilogramm kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop moddalar, 88 kilogramm sintetik giyohvandlik vositalari, 60 ta qurol, 24 mingta patron, qariyb 15 kilogramm porox va 805 mingta tamaki mahsuloti ham aniqlangan.
Shuningdek, 914 ming dollardan ortiq mablag‘ni noqonuniy olib chiqish holatlariga chek qo‘yilgan.
Endi xizmat itlarining vazifalari yana kengaytirilmoqda. Milliy kinologiya markazi yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hamda CITES va Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvon turlarining noqonuniy savdosini aniqlash uchun ularni maxsus tayyorlashni boshladi.
Tayyorgarlik O‘zbekiston hayvonot bog‘i bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mashg‘ulotlarda hayvonot bog‘i taqdim etgan 16 turdagi yovvoyi hayvon namunalaridan foydalaniladi.
Markaz xalqaro hamkorlik doirasida 15 ta hududiy o‘quv kursini ham tashkil etgan. Ularda ikki yuzga yaqin kinolog va xizmat itlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.
O‘zbekiston bu yo‘nalishda Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Latviya, Litva, Eron, Armaniston, Tojikiston, Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda.
Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Yan Sanders forumda noqonuniy savdo tarmoqlari davlat chegaralari bilan cheklanmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologiyalar qonuniy savdo uchun imkoniyat yaratishi bilan birga, uyushgan jinoyatchilik tomonidan ham qo‘llanilmoqda. Shu bois bojxona xizmatlarining ish usullari va xalqaro hamkorlik ham o‘zgarib borishi kerak.