Uchta o‘yin — uchta g‘alaba: O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi

© UFA - Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana U-20 poluchila putevku na Kubok Azii
Sbornaya Uzbekistana U-20 poluchila putevku na Kubok Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi saralash bosqichida uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, 2027-yil Xitoyda o‘tadigan Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 2027-yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari saralashning “B” guruhida uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Hal qiluvchi uchrashuvda O‘zbekiston Suriyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Diyor Ermanov 10-daqiqada hisobni ochdi, Quvonchbek Abrayev 81-daqiqada ustunlikni oshirdi, Davron To‘laganov esa qo‘shib berilgan vaqtda penaltidan uchinchi golni urdi.
O‘zbekiston saralashni Bangladesh ustidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan, keyin Hindistonni 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Shu tariqa, terma jamoa uchta o‘yinda 9 ta gol urib, o‘z darvozasidan birorta ham to‘p o‘tkazmadi.
Bu O‘zbekiston U-20 terma jamoasi uchun Osiyo kubogi final bosqichida ketma-ket uchinchi ishtirok bo‘ladi. O‘zbekiston 2023-yilda musobaqa g‘olibi bo‘lgan, 2025-yilgi turnirda esa chorak finalda Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan.
2027 yilgi U-20 Osiyo kubogi Xitoyning Xanchjou shahrida 24-martdan 10-aprelgacha o‘tkaziladi. Final bosqichida 16 ta jamoa qatnashadi.
Final bosqichiga O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Janubiy Koreya, KXDR, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Yaponiya va Indoneziya ham yo‘llanma olgan.
UYeFA YeVRO-2024. Match Portugaliya - Sloveniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Ronaldu va Osiyo gigantlari: o‘zbek klublarining OChLdagi raqiblari qanchalik kuchli?
Yangiliklar lentasi
0