Toshkentda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochildi — video, foto
Toshkentda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochildi — video, foto
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Rossiyadan tashqaridagi yagona filiali ochildi. Yangi Toshkentda 2 ming talabaga mo‘ljallangan kampus va 800 o‘rinli yotoqxona ham qurilmoqda.
2026-09-07T19:53+0500
2026-09-07T19:53+0500
2026-09-07T19:53+0500
oliy ta’lim muassasalari
otm
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
universitet
aleksey yerxov
jamiyat
rossiya
toshkent
n.e. bauman nomidagi moskva davlat texnika universiteti filiali
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. “Mardlik, iroda, mehnat va matonat!” — Bauman universitetining qariyb ikki asrlik tarixidagi yangi bob ana shu shior bilan boshlandi. 7-sentabr kuni Toshkentda N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Bu universitetning Rossiyadan tashqaridagi yagona filialidir.Filialning ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti rektori Mixail Gordin, universitetning Toshkent filiali direktori Sardor Danayev, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turabjonov, shuningdek, Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya so‘zga chiqdi.MDTU rektori Mixail Gordinning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent filiali universitet uchun o‘ziga xos loyiha hisoblanadi.Yangi Toshkentda universitetning bo‘lajak kampusi qurilmoqda. Birinchi bino hozir qurilish bosqichida, ishlarni yaqin bir necha yil ichida yakunlash rejalashtirilgan. Loyiha 2 ming talabaga mo‘ljallangan kampus va 800 o‘rinli yotoqxonani o‘z ichiga oladi. Gordinning aytishicha, bu yil o‘qishga kirgan talabalar ham yangi kampusda tahsil olishga ulguradi.Shu bilan birga, talabalarning ta’limi faqat Toshkent bilan cheklanib qolmaydi. Yuqori kurslarda ular ma’lum muddat Moskvadagi bosh kampusda ham o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.Mixail Gordinning aytishicha, MDTUda beshinchi-oltinchi kurs talabalarining qariyb 80 foizi allaqachon ishlaydi va ularning aksariyati o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mehnat qiladi. Ish beruvchilar talabalarga bitiruvdan ancha oldin qiziqish bildirishni boshlaydi. Universitet Toshkentda ham shunday tizimni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turabjonov esa toshkentlik talabalar oldida turgan tarixiy marraga e’tibor qaratdi. Qariyb ikki asr davomida “Baumanka”da nomlari jahon texnikasi tarixidan o‘rin olgan muhandislar — Vladimir Shuxov, Sergey Korolov, Andrey Tupolev va Pavel Suxoy tahsil olgan va faoliyat yuritgan.Toshkentda Bauman universiteti filialini ochish haqida 2024-yildan buyon aytib kelinayotgan edi. O‘shanda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari konferensiyasida filial ochilishi mumkinligini ma’lum qilgan.2025 yilda esa prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.
oliy ta’lim muassasalari, otm, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet, aleksey yerxov, jamiyat, rossiya, toshkent, n.e. bauman nomidagi moskva davlat texnika universiteti filiali
oliy ta’lim muassasalari, otm, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet, aleksey yerxov, jamiyat, rossiya, toshkent, n.e. bauman nomidagi moskva davlat texnika universiteti filiali
Toshkentda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochildi — video, foto
Toshkentda “Baumanka”ning Rossiyadan tashqaridagi yagona filiali ish boshladi. Dastlab 30 nafar talaba muhandislik yo‘nalishlarida tahsil oladi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. “Mardlik, iroda, mehnat va matonat!” — Bauman universitetining qariyb ikki asrlik tarixidagi yangi bob ana shu shior bilan boshlandi. 7-sentabr kuni Toshkentda N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bu universitetning Rossiyadan tashqaridagi yagona filialidir.
Filialning ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti rektori Mixail Gordin, universitetning Toshkent filiali direktori Sardor Danayev, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turabjonov, shuningdek, Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya so‘zga chiqdi.
MDTU rektori Mixail Gordinning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent filiali universitet uchun o‘ziga xos loyiha hisoblanadi.
“Biz boshqa mamlakatlarda filial ochishni rejalashtirmayapmiz, faqat shu yerda. Sababi — bu Markaziy Osiyoning yuragi va mintaqadagi eng sanoatlashgan mamlakat. Aynan shu yerda muhandislarga ehtiyoj bor”, — dedi Mixail Gordin.
Yangi Toshkentda universitetning bo‘lajak kampusi qurilmoqda. Birinchi bino hozir qurilish bosqichida, ishlarni yaqin bir necha yil ichida yakunlash rejalashtirilgan. Loyiha 2 ming talabaga mo‘ljallangan kampus va 800 o‘rinli yotoqxonani o‘z ichiga oladi. Gordinning aytishicha, bu yil o‘qishga kirgan talabalar ham yangi kampusda tahsil olishga ulguradi.
Toshkentda N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi
Shu bilan birga, talabalarning ta’limi faqat Toshkent bilan cheklanib qolmaydi. Yuqori kurslarda ular ma’lum muddat Moskvadagi bosh kampusda ham o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.
"O‘quv rejalari, talablar, imtihon qaydnomalari, baholash mezonlari — Ikkinchi Bauman ko‘chasidagi kabi bo‘ladi. Sizning o‘qish natija daftarchalaringiz va diplomingiz moskvalik tengdoshlaringizniki bilan bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Bu — bizning sizlar oldidagi asosiy majburiyatimiz”, — dedi Toshkent filiali direktori Sardor Danayev.
Mixail Gordinning aytishicha, MDTUda beshinchi-oltinchi kurs talabalarining qariyb 80 foizi allaqachon ishlaydi va ularning aksariyati o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mehnat qiladi. Ish beruvchilar talabalarga bitiruvdan ancha oldin qiziqish bildirishni boshlaydi. Universitet Toshkentda ham shunday tizimni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
“O‘ylaymanki, sizlar ham bir-ikki yildan so‘ng ish beruvchilar bilan aloqada bo‘lasiz, muayan vazifalar va loyihalar ustida ishlaysiz. Biz buni faqat qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi rektor.
Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turabjonov esa toshkentlik talabalar oldida turgan tarixiy marraga e’tibor qaratdi. Qariyb ikki asr davomida “Baumanka”da nomlari jahon texnikasi tarixidan o‘rin olgan muhandislar — Vladimir Shuxov, Sergey Korolov, Andrey Tupolev va Pavel Suxoy tahsil olgan va faoliyat yuritgan.
“Oson bo‘lmaydi. Baumanka hech kimga osonlikcha berilmaydi, ammo aynan qiyinchilik muhandisni muhandis qiladi. Bu oliygoh talabasi bo‘lish — katta sharaf. Qadrli birinchi kurs talabalari! Toshkent davlat texnika universitetining laboratoriyalari, kutubxonalari va ilmiy maktablari bugundan boshlab sizlar uchun ochiq”, — dedi Turabjonov.
Toshkentda Bauman universiteti filialini ochish haqida 2024-yildan buyon aytib kelinayotgan edi. O‘shanda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari konferensiyasida filial ochilishi mumkinligini ma’lum qilgan.
2025 yilda esa prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.