https://oz.sputniknews.uz/20260907/qashqadaryo-gaz-quduq-60250492.html
Qashqadaryoda sutkasiga 500 ming kub metr gaz beradigan yangi quduq ishga tushirildi
Qashqadaryoda sutkasiga 500 ming kub metr gaz beradigan yangi quduq ishga tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi “Patron” gazkondensat konida yangi qidiruv qudug‘i ishga tushirildi. Kon zaxiralari dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 2,5 mlrd kub metr gazni tashkil etadi.
2026-09-07T09:20+0500
2026-09-07T09:20+0500
2026-09-07T10:00+0500
gaz
o‘zbekiston
energetika vazirligi
jamiyat
qashqadaryo viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/07/60250328_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_f6a76632a6fe051033fa6edf71027c6c.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi yangi “Patron” gazkondensat konida 1-sonli qidiruv qudug‘i ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Quduqda burg‘ilash ishlari 2025-yilda Xitoyning BGP kompaniyasi o‘tkazgan 3D seysmik tadqiqotlar natijalari asosida boshlangan.Burg‘ilash ishlari yakunlangach, 3296–3339 metr chuqurlikdagi qatlamlar mahsuldorlikka sinalgan va sanoat miqyosida tabiiy gaz olingan. Dastlabki ko‘rsatkichlarga ko‘ra, quduq sutkasiga 500 ming kub metr gaz bermoqda.Hozir “O‘zLITIneftgaz” mutaxassislari quduqning haqiqiy qazib chiqarish imkoniyatlarini aniqlash uchun gazodinamik va gazkondensat tadqiqotlarini olib bormoqda.Quduq 2-sentabr kuni soat 06:00 da gaz quvuriga ulanib, ishga tushirilgan.Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanida gaz portlashi sodir bo‘lgani haqida xabarlar va olov aks etgan video tarqalgan edi. Energetika vazirligi bu ma’lumotni rad etib, videoda “Patron” konidagi quduqni sinovdan o‘tkazish jarayoni aks etganini bildirdi.Gazni maxsus qurilma orqali yoqish quduq mahsuldorligi, bosimi va ishlash parametrlarini aniqlash uchun qo‘llanadigan texnologik jarayon ekani ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260223/uzbekistan-quduq-gaz-olinish-55879749.html
o‘zbekiston
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/07/60250328_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_9af037ab20937dd599de628c49453b68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gaz, o‘zbekiston, energetika vazirligi, jamiyat, qashqadaryo viloyati
gaz, o‘zbekiston, energetika vazirligi, jamiyat, qashqadaryo viloyati
Qashqadaryoda sutkasiga 500 ming kub metr gaz beradigan yangi quduq ishga tushirildi
09:20 07.09.2026 (yangilandi: 10:00 07.09.2026) “Patron” nisbatan kichik kon bo‘lib, uning dastlabki hisoblangan zaxiralari qariyb 2,5 mlrd kub metr tabiiy gazni tashkil etadi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi yangi “Patron” gazkondensat konida 1-sonli qidiruv qudug‘i ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Quduqda burg‘ilash ishlari 2025-yilda Xitoyning BGP kompaniyasi o‘tkazgan 3D seysmik tadqiqotlar natijalari asosida boshlangan.
Burg‘ilash ishlari yakunlangach, 3296–3339 metr chuqurlikdagi qatlamlar mahsuldorlikka sinalgan va sanoat miqyosida tabiiy gaz olingan. Dastlabki ko‘rsatkichlarga ko‘ra, quduq sutkasiga 500 ming kub metr gaz bermoqda.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “Patron” nisbatan kichik kon bo‘lib, uning dastlabki hisoblangan zaxiralari qariyb 2,5 mlrd kub metr tabiiy gazni tashkil etadi.
Hozir “O‘zLITIneftgaz” mutaxassislari quduqning haqiqiy qazib chiqarish imkoniyatlarini aniqlash uchun gazodinamik va gazkondensat tadqiqotlarini olib bormoqda.
Quduq 2-sentabr kuni soat 06:00 da gaz quvuriga ulanib, ishga tushirilgan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanida gaz portlashi sodir bo‘lgani haqida xabarlar va olov aks etgan video tarqalgan edi. Energetika vazirligi bu ma’lumotni rad etib, videoda “Patron” konidagi quduqni sinovdan o‘tkazish jarayoni aks etganini bildirdi.
Gazni maxsus qurilma orqali yoqish quduq mahsuldorligi, bosimi va ishlash parametrlarini aniqlash uchun qo‘llanadigan texnologik jarayon ekani ta’kidlandi.