https://oz.sputniknews.uz/20260906/russia-oltin-hong-kong-hajm-60244236.html
Yetti oyda 100 tonna: Rossiya oltini Gonkongga rekord hajmda yetkazildi
Yetti oyda 100 tonna: Rossiya oltini Gonkongga rekord hajmda yetkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan Gonkongga oltin yetkazib berish 2026-yilning dastlabki yetti oyida qariyb 100 tonnaga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb uch barobar ko‘p va 2025-yillik ko‘rsatkichdan ham yuqori.
2026-09-06T13:15+0500
2026-09-06T13:15+0500
2026-09-06T13:15+0500
oltin
birja
rossiya
dunyo yangiliklari
savdo
eksport
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18063862_0:300:634:657_1920x0_80_0_0_503af2ca38da1ba601ee426e8f61d752.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiyadan Gonkongga oltin yetkazib berish 2026-yilning yanvar–iyul oylarida qariyb 100 tonnaga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb uch barobar ko‘p, deb yozdi Financial Times Gonkong statistikasiga tayanib.Nashr ma’lumotiga ko‘ra, G‘arb sanksiyalaridan so‘ng Rossiya oltinining asosiy yo‘nalishlari Osiyo bozorlariga ko‘chdi. Gonkong Rossiya oltini uchun muhim savdo markazlaridan biriga aylangan.Taqqoslash uchun, Gonkong hukumati statistika departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda Rossiyadan 92,1 tonna oltin import qilingan. Uning qiymati tahminan 10,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. 2024-yilda esa import 64,9 tonna bo‘lgan.Shu tariqa, 2026-yilning dastlabki yetti oyidagi yetkazib berish hajmi butun 2025-yil ko‘rsatkichidan ham yuqori bo‘ldi.Financial Times qayd etishicha, Gonkong orqali kelayotgan Rossiya oltinining katta qismi keyinchalik materik Xitoy bozoriga yo‘naltiriladi. Xitoy va Gonkong Rossiya oltiniga AQSh va Buyuk Britaniya kabi cheklovlar joriy etmagan.Gonkong ayni paytda oltin savdosi infratuzilmasini ham kengaytirmoqda. Iyul oyida hududda oltin operatsiyalari uchun markazlashtirilgan kliring va hisob-kitob tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260121/oltin-narx-osish-russia-foyda-55084205.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18063862_0:240:634:716_1920x0_80_0_0_061568c7d52c1c717307ea90e539b5b7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oltin, birja, rossiya, dunyo yangiliklari, savdo, eksport, xitoy
oltin, birja, rossiya, dunyo yangiliklari, savdo, eksport, xitoy
Yetti oyda 100 tonna: Rossiya oltini Gonkongga rekord hajmda yetkazildi
Rossiyadan Gonkongga oltin yetkazib berish yetti oyda qariyb 100 tonnaga yetdi — bir yil avvalgidan qariyb uch barobar ko‘p.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiyadan Gonkongga oltin yetkazib berish 2026-yilning yanvar–iyul oylarida qariyb 100 tonnaga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb uch barobar ko‘p, deb
yozdi Financial Times Gonkong statistikasiga tayanib.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, G‘arb sanksiyalaridan so‘ng Rossiya oltinining asosiy yo‘nalishlari Osiyo bozorlariga ko‘chdi. Gonkong Rossiya oltini uchun muhim savdo markazlaridan biriga aylangan.
2022 yil boshidan buyon Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan tuzilmalar Rossiyadan qariyb 35 mlrd AQSh dollari qiymatida oltin xarid qilgan.
Taqqoslash uchun, Gonkong hukumati statistika departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda Rossiyadan 92,1 tonna oltin import qilingan. Uning qiymati tahminan 10,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. 2024-yilda esa import 64,9 tonna bo‘lgan.
Shu tariqa, 2026-yilning dastlabki yetti oyidagi yetkazib berish hajmi butun 2025-yil ko‘rsatkichidan ham yuqori bo‘ldi.
Financial Times qayd etishicha, Gonkong orqali kelayotgan Rossiya oltinining katta qismi keyinchalik materik Xitoy bozoriga yo‘naltiriladi. Xitoy va Gonkong Rossiya oltiniga AQSh va Buyuk Britaniya kabi cheklovlar joriy etmagan.
Gonkong ayni paytda oltin savdosi infratuzilmasini ham kengaytirmoqda. Iyul oyida hududda oltin operatsiyalari uchun markazlashtirilgan kliring va hisob-kitob tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi.