Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Pokiston YeOIIga Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Afrika bozorlarini ochmoqchi

© Sputnik / StringerFlag Pakistana
Flag Pakistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2026
Obuna bo‘lish
Pokiston YeOII bilan erkin savdoga qo‘shilish jarayonini 2027-yil yanvarda boshlaydi, dedi mamlakatning Rossiyadagi elchisi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Pokiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdoga qo‘shilish jarayonini 2027-yil yanvarda boshlaydi. Bu haqda mamlakatning Rossiyadagi elchisi Faysal Niyoz Tirmizi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
"Pokiston YeOII davlatlari uchun Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Afrika bilan aloqalarni ochadi", — dedi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston Yaqin Sharq, Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tabiiy ko‘prik hisoblanadi.
"Jarayon kelasi yil yanvar oyidan boshlanadi", — dedi Tirmizi Pokistonning YeOII bilan erkin savdoga qo‘shilishi haqida.
Diplomat Pokiston iqtisodiyoti hajmi qariyb yarim trillion dollar ekanini ta’kidladi. Mamlakat aholisi 260 million kishini tashkil etadi, ularning 72 foizi 30 yoshdan kichik.
Tirmizi Pokiston "Shimol–Janub" xalqaro transport yo‘lagida ham ishtirok etayotganini qayd etdi.
Avvalroq YeOII va Pokiston erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni tuzish maqsadga muvofiqligini o‘rganish uchun qo‘shma tadqiqot guruhini shakllantirishga kelishib olgan edi.
Transportniy koridor Sever-Yug. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
Rossiya O‘zbekiston orqali Hind okeaniga temir yo‘l orqali chiqish loyihasini ko‘rib chiqmoqda
Yangiliklar lentasi
0