Oilaviy shifokorlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po reformirovaniyu meditsinskogo obrazovaniya.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po reformirovaniyu meditsinskogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2026
Obuna bo‘lish
Barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari yagona elektron reyestrga kiritiladi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ma’lum bo‘ldi.

Tibbiyot oliygohlariga qabul parametrlari hududlar va tibbiyot muassasalarining real ehtiyoji, kadrlar yetishmovchiligi asosida shakllantiriladi. Davlat buyurtmasi yo‘nalishlar kesimida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab “Davolash ishi” yo‘nalishi o‘rniga 6-yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturini joriy etish taklif qilinmoqda. Besh yillik ta’limdan keyin talabalar bir yil to‘liq amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oilaviy shifokor sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, deyiladi xabarda.

O‘rta tibbiyot kadrlarini tayyorlashda ham yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Oliy ma’lumotli hamshiralarning tashxis, davolash va profilaktika jarayonlarida shifokorga yaqin ko‘makchi sifatidagi o‘rni oshiriladi.
Farmatsevtika ta’limi ishlab chiqarish bilan yanada yaqin bog‘lanadi. Korxonalar ehtiyoji asosida dual ta’lim kengaytirilib, amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish, talabalarni dori vositalarini ishlab chiqishdan tortib, sifat nazorati va standartlashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarga jalb qilish belgilanmoqda.
Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida mutaxassislarning bilim va amaliy tayyorgarligini mustaqil baholash tizimi joriy etiladi.
Barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qamrab oladigan yagona elektron reyestr shakllantiriladi. U 16 ta axborot bazasi bilan integratsiya qilinib, mutaxassisning ta’limi, malakasi va kasbiy faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir joyda jamlash imkonini beradi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tishni 2027-yildan ixtiyoriy, 2030-yildan esa majburiy tartibda joriy etish taklif qilinmoqda. Keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tmagan mutaxassis tibbiy yoki farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.
Mutasaddilarga yangi tartiblarni bosqichma-bosqich joriy etish, tibbiy xizmat sifati va bemorlar xavfsizligini oshirishga xizmat qilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yangiliklar lentasi
0