Latviya va Litva Rossiyadan don tranzitini to‘xtatmoqchi — OAV

© Sputnik / Oksana Djadan / Mediabankka o‘tishRijskiy port
Rijskiy port - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2026
Obuna bo‘lish
Cheklov Kaliningrad va Rossiya orasidagi g‘alla tranzitiga ta’sir qilmaydi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Latviya va Litva Rossiyadan o‘z portlari orqali don tranzitini to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Reuters axborot agentligi rasmiy shaxslarga tayanib xabar bermoqda.
"Latviya va Litva Rossiya donini o‘z portlari orqali yetkazib berishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda", - deyiladi xabarda.
Manbalarga ko‘ra, Riga seshanba kuni Rossidan don trazitiga to‘liq taqiq qo‘yishni muhokama qilmoqchi ekan.
Litva bosh vaziri Mindaugas Sinkavichus agentlikka ma’lum qilishicha, cheklovlar joriy etilgan taqdirda, bu Kaliningrad viloyati va Rossiyaning boshqa hududlari o‘rtasidagi don tranzitiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Rossiyada bir necha bor ta’kidlanganidek, mamlakat bir necha yil oldin do‘stona bo‘lmagan davlatlar tomonidan unga nisbatan qo‘llanila boshlangan va kuchaytirib borilayotgan sanksiyaviy bosimga bardosh bera oladi. G‘arbning o‘zida ham cheklovchi choralar samarasiz degan fikrlar bir necha bor yangragan.
Prezident Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati uning raqiblarining uzoq muddatli strategiyasi ekanini, sanksiyalar esa butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlarning hayotini yomonlashtirishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0