Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

RT: Uitkoff va Kushner yaqin kunlarda Moskva va Kiyevga tashrif buyuradi

© AP Photo / Jacquelyn MartinZat prezidenta SShA Djared Kushner i spesposlannik Stiv Uitkoff
Zat prezidenta SShA Djared Kushner i spesposlannik Stiv Uitkoff - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2026
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik muzokarachilar avval Moskvaga, keyin esa Kiyevga boradi. Ehtimoliy sana sifatida 5-6 sentabr tilga olingan.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Amerika yetakchisining kuyovi Jared Kushner yaqin kunlarda Moskva va Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RT telekanali o‘z manbasiga tayangan holda yozmoqda.

“AQSh vakillari Uitkoff va Kushnerning yaqin kunlarda Moskva va Kiyevga borishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.

O‘z navbatida, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml amerikachilik muzokarachilar bilan muloqot haqida xabardor qilishini bildirdi.
Seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayoni hozircha muzlatib qo‘yilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Moskva muloqotni istagan har bir kishi bilan ishlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Putin Oq uy vakillari Uitkoff va Kushner Rossiyada hamisha aziz mehmonlar ekanini ma’lum qildi. Rossiya yetakchisi Moskva 2025-yil avgust oyida Alyaskada ko‘tarilgan barcha mavzularni muhokama qilishga qaytishga tayyorligini bildirgan.
Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga ochiq — Peskov
Yangiliklar lentasi
0