https://oz.sputniknews.uz/20260904/tshimoliy-qutb-60040289.html
Toshkentlik o‘quvchi qiz Shimoliy qutbni qanday zabt etdi – video
Toshkentlik o‘quvchi qiz Shimoliy qutbni qanday zabt etdi – video
Sputnik O‘zbekiston
E’zoza Beshimjonova 246-sonli umumta’lim maktabining 11-sinfida o‘qiydi. Bu yil u dunyoning turli burchaklaridan maktab o‘quvchilari va kollej talabalarini birlashtiruvchi “Rosatom”ning xalqaro loyihasi bo‘lgan “Bilimlar muzorari” 7-xalqaro ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyasining ishtirokchisiga aylandi. 2026-yilda ushbu ekspeditsiyada 23 ta davlatdan 68 nafar o‘quvchi qatnashdi.
2026-09-04T19:17+0500
2026-09-04T19:17+0500
2026-09-04T19:17+0500
video
o‘zbekiston
arktika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60210009_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_5b0d02ecec66c40fa46022ca7331fb91.jpg
E’zoza Beshimjonova 246-sonli umumta’lim maktabining 11-sinfida o‘qiydi. Bu yil u dunyoning turli burchaklaridan maktab o‘quvchilari va kollej talabalarini birlashtiruvchi “Rosatom”ning xalqaro loyihasi bo‘lgan “Bilimlar muzorari” 7-xalqaro ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyasining ishtirokchisiga aylandi. 2026-yilda ushbu ekspeditsiyada 23 ta davlatdan 68 nafar o‘quvchi qatnashdi.Sayohat “G‘alabaning 50-yilligi” atom muzorarida bo‘lib o‘tdi va o‘n kun davom etdi. Marshrut Murmanskdan Shimoliy qutb va Frans-Iosif Yeriga, so‘ng yana Murmanskka qaytishni o‘z ichiga olgan.Sayohatdan oldin E’zoza Arktikani surat va videolar orqali tasavvur qilar edi: muz, bo‘ron va qahraton sovuq. Haqiqat u internetda ko‘rganlariga o‘xshasa-da, hissiyotlar butunlay boshqacha edi.Eng yorqin lahzalardan biri oq ayiqlarni kuzatish imkoniyati bo‘ldi. E’zozani, uning fikricha, afsonaviy “Titanik”ka o‘xshaydigan muzorar kemaning o‘zi ham taassurot qoldirdi..Kema bortida ishtirokchilar uchun mazmunli ilmiy-ma’rifiy dastur tayyorlandi. Ular atom muzorar kemasining tuzilishi va uning ekipaji bilan tanishib, atom sanoati mutaxassislari, olim, pedagog hamda yozuvchilarning ma’ruzalarini tinglashdi.Frans-Iosif Yeri yaqinidagi ma’ruza E’zozada alohida taassurot qoldirdi. Ochiq havoda bolalarga qushlar bozori va arxipelagning tashlandiq stansiyalari haqida gapirib berildi.Ishtirokchilar olimlar bilan birgalikda ikkita tajriba ham o‘tkazishdi: Arktikaning yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarida aloqa o‘rnatish uchun radiozond uchirishdi va dunyodagi ilk qaytuvchi stratosfera platformasini sinovdan o‘tkazishdi. Bundan tashqari, so‘nggi 30-yil ichida ilk bor Shimoliy qutbdan jonli efirlar uzatildi.Shu bilan birga, dastur faqat ilmiy fanlar bilangina cheklanib qolmadi. Ishtirokchilar o‘zlarini jurnalistikada ham sinab ko‘rishdi, kema bortida oqshomlar va “Arktikovidenie” bo‘lib o‘tdi.Shuningdek, xitoy tili va loydan oq ayiq yasash bo‘yicha g‘ayrioddiy mahorat darslari ham tashkil etildi. Shimoliy qutbga yetib borilgan kuni eng shimoliy xalqaro xorovod qilindi. Bir kun avval bolalar raqsni o‘rganishgan edi, qutbda esa uni ijro etishdi, mashhur AY YOLA guruhi o‘zining yangi qo‘shig‘ini kuyladi.Ammo, oxir-oqibat E’zoza uchun nafaqat Arktikaning o‘zi, balki boshqa narsalar ham eng muhim xotiraga aylandi. Sayohat davomida u o‘zi tanishgan insonlar qanchalik qadrli bo‘lib qolganini anglab yetdi.Endi E’zoza boshqa tengdoshlariga ham bunday loyihalarda ishtirok etishdan qo‘rqmaslikni maslahat beradi. Uning fikricha, aynan shunday imkoniyatlar kelajakda nima bilan shug‘ullanishni istashingizni yaxshiroq anglashga yordam beradi.E’zozaning o‘zi uchun esa ekspeditsiya o‘ziga xos izlanish nuqtasi bo‘ldi. Uning aytishicha, “Bilimlar muzorari”dan so‘ng o‘zini birgina soha bilan cheklab qo‘ymaslik kerakligini tushunib yetgan. Turli tanlov va loyihalardagi ishtirok etish yangiliklarni sinab ko‘rishga hamda o‘z qiziqishlarini asta-sekin aniqlab olishga yordam beradi.Sputnik O‘zbekiston suratga olish maydonchasini tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun Toshkent shahridagi MMFI MTAU filialiga o‘z minnatdorligini bildiradi. E’zoza sayohatining yorqin kadrlarini esa videomizda tomosha qiling.
o‘zbekiston
arktika
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60210009_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_a42c9d888f3b51bcb722b2530cdb0aa9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, o‘zbekiston, arktika, video
video, o‘zbekiston, arktika, video
Toshkentlik o‘quvchi qiz Shimoliy qutbni qanday zabt etdi – video
Eksklyuziv
E’zoza Beshimjonova uchun “Bilimlar muzorari” loyihasidagi ishtirok shunchaki maroqli sayohat bo‘libgina qolmay, o‘z kelajagiga yangicha nazar tashlash imkoniyati bo‘ldi.
E’zoza Beshimjonova 246-sonli umumta’lim maktabining 11-sinfida o‘qiydi. Bu yil u dunyoning turli burchaklaridan maktab o‘quvchilari va kollej talabalarini birlashtiruvchi “Rosatom”ning xalqaro loyihasi bo‘lgan “Bilimlar muzorari” 7-xalqaro ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyasining ishtirokchisiga aylandi. 2026-yilda ushbu ekspeditsiyada 23 ta davlatdan 68 nafar o‘quvchi qatnashdi.
Sayohat “G‘alabaning 50-yilligi” atom muzorarida bo‘lib o‘tdi va o‘n kun davom etdi. Marshrut Murmanskdan Shimoliy qutb va Frans-Iosif Yeriga, so‘ng yana Murmanskka qaytishni o‘z ichiga olgan.
Sayohatdan oldin E’zoza Arktikani surat va videolar orqali tasavvur qilar edi: muz, bo‘ron va qahraton sovuq. Haqiqat u internetda ko‘rganlariga o‘xshasa-da, hissiyotlar butunlay boshqacha edi.
“Yuzingizga urilayotgan sovuqni his qilganingizda, bu tamoman o‘zgacha tuyuladi”, — deydi u.
Eng yorqin lahzalardan biri oq ayiqlarni kuzatish imkoniyati bo‘ldi. E’zozani, uning fikricha, afsonaviy “Titanik”ka o‘xshaydigan muzorar kemaning o‘zi ham taassurot qoldirdi..
Kema bortida ishtirokchilar uchun mazmunli ilmiy-ma’rifiy dastur tayyorlandi. Ular atom muzorar kemasining tuzilishi va uning ekipaji bilan tanishib, atom sanoati mutaxassislari, olim, pedagog hamda yozuvchilarning ma’ruzalarini tinglashdi.
Frans-Iosif Yeri yaqinidagi ma’ruza E’zozada alohida taassurot qoldirdi. Ochiq havoda bolalarga qushlar bozori va arxipelagning tashlandiq stansiyalari haqida gapirib berildi.
Ishtirokchilar olimlar bilan birgalikda ikkita tajriba ham o‘tkazishdi: Arktikaning yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarida aloqa o‘rnatish uchun radiozond uchirishdi va dunyodagi ilk qaytuvchi stratosfera platformasini sinovdan o‘tkazishdi. Bundan tashqari, so‘nggi 30-yil ichida ilk bor Shimoliy qutbdan jonli efirlar uzatildi.
Shu bilan birga, dastur faqat ilmiy fanlar bilangina cheklanib qolmadi. Ishtirokchilar o‘zlarini jurnalistikada ham sinab ko‘rishdi, kema bortida oqshomlar va “Arktikovidenie” bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, xitoy tili va loydan oq ayiq yasash bo‘yicha g‘ayrioddiy mahorat darslari ham tashkil etildi. Shimoliy qutbga yetib borilgan kuni eng shimoliy xalqaro xorovod qilindi. Bir kun avval bolalar raqsni o‘rganishgan edi, qutbda esa uni ijro etishdi, mashhur AY YOLA guruhi o‘zining yangi qo‘shig‘ini kuyladi.
Ammo, oxir-oqibat E’zoza uchun nafaqat Arktikaning o‘zi, balki boshqa narsalar ham eng muhim xotiraga aylandi. Sayohat davomida u o‘zi tanishgan insonlar qanchalik qadrli bo‘lib qolganini anglab yetdi.
“Ularning madaniyati va tillari haqida bilish qiziq bo‘ldi”, — deydi maktab o‘quvchisi.
Endi E’zoza boshqa tengdoshlariga ham bunday loyihalarda ishtirok etishdan qo‘rqmaslikni maslahat beradi. Uning fikricha, aynan shunday imkoniyatlar kelajakda nima bilan shug‘ullanishni istashingizni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
E’zozaning o‘zi uchun esa ekspeditsiya o‘ziga xos izlanish nuqtasi bo‘ldi. Uning aytishicha, “Bilimlar muzorari”dan so‘ng o‘zini birgina soha bilan cheklab qo‘ymaslik kerakligini tushunib yetgan. Turli tanlov va loyihalardagi ishtirok etish yangiliklarni sinab ko‘rishga hamda o‘z qiziqishlarini asta-sekin aniqlab olishga yordam beradi.
Sputnik O‘zbekiston suratga olish maydonchasini tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun Toshkent shahridagi MMFI MTAU filialiga o‘z minnatdorligini bildiradi. E’zoza sayohatining yorqin kadrlarini esa videomizda tomosha qiling.