https://oz.sputniknews.uz/20260904/ozbekiston-rostov-60200977.html
O‘zbekiston va Rostov viloyati hamkorlikni mustahkamlaydi
O‘zbekiston va Rostov viloyati hamkorlikni mustahkamlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Rostov viloyati delegatsiyasining 2027-yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan. 04.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-04T11:44+0500
2026-09-04T11:44+0500
2026-09-04T11:44+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
hamkorlik
migratsiya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60200810_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_aaae6a2523ab32d22a897b1e50ff2a3a.jpg
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaning Rostov viloyatiga ishchi tashrif doirasida viloyat gubernatori Yuriy Slyusar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.TIV xabariga ko‘ra, unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.Shuningdek, Rostov viloyati delegatsiyasining 2027-yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifini tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Rossiya tomoni delegatsiya tarkibiga viloyatdagi qator sanoat korxonalari vakillarini kiritishdan manfaatdor ekanini bildirdi.Qayd etilishicha, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish imkonini beradi.Slyusarning ma’lum qilishicha, Rostov va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yaxshi darajada saqlanib qolmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida viloyatdan respublikaga eksport hajmi oshdi.Sanoat kooperatsiyasi doirasida Rostov korxonasining yong‘in-qo‘riqlash tizimlari va videokuzatuv tizimlarini birgalikda ishlab chiqarish rivojlanmoqda, O‘zbekistondagi taqsimlash markazi viloyatning sovutish tizimlari bilan jihozlangan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Rossiya kompaniyasi uchun xomashyo yetkazib bermoqda.Mehnat migrantlari masalalariUchrashuvda mehnat mobilligi masalalariga, xususan, O‘zbekiston fuqarolari uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.Rostov viloyatining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Anatoliy Xarkovskiy bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonliklar mehnat qilayotgan korxonalar va obyektlarga Inson huquqlari bo‘yicha vakil apparatining biriktirilgan vakili ishtirokida qo‘shma tashriflarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Shuningdek, qariyb 100 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini olib borayotgan “SSK AVAKON” MChJda vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Asosiy e’tibor konsullik-huquqiy himoyani ta’minlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, migratsiya va mehnat qonunchiligiga rioya etish masalalariga qaratildi. Fuqarolarga zarur tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.Uchrashuvlar yakunida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, tashkil etilgan mehnat mobilligini takomillashtirish hamda O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini izchil himoya qilish maqsadida amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik tasdiqlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260619/ozbekiston-rostov-58457757.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60200810_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f4b9fecf8eef8ee80c3ec1ad40f5b2e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, rossiya, hamkorlik, migratsiya, migrantlar
siyosat, o‘zbekiston, rossiya, hamkorlik, migratsiya, migrantlar
O‘zbekiston va Rostov viloyati hamkorlikni mustahkamlaydi
Rostov viloyati delegatsiyasining 2027-yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaning Rostov viloyatiga ishchi tashrif doirasida viloyat gubernatori Yuriy Slyusar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga
ko‘ra, unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Rostov viloyati delegatsiyasining 2027-yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifini tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Rossiya tomoni delegatsiya tarkibiga viloyatdagi qator sanoat korxonalari vakillarini kiritishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Qayd etilishicha, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Slyusarning
ma’lum qilishicha, Rostov va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yaxshi darajada saqlanib qolmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida viloyatdan respublikaga eksport hajmi oshdi.
Sanoat kooperatsiyasi doirasida Rostov korxonasining yong‘in-qo‘riqlash tizimlari va videokuzatuv tizimlarini birgalikda ishlab chiqarish rivojlanmoqda, O‘zbekistondagi taqsimlash markazi viloyatning sovutish tizimlari bilan jihozlangan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Rossiya kompaniyasi uchun xomashyo yetkazib bermoqda.
“Shubhasiz, ijtimoiy-iqtisodiy sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlarimiz yetarli”, - deya ta’kidladi Rostov viloyati gubernatori.
Mehnat migrantlari masalalari
Uchrashuvda mehnat mobilligi masalalariga, xususan, O‘zbekiston fuqarolari uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mehnat patentlarini olish tartib-taomillarini soddalashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Rostov viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi rahbariyati ishtirokida alohida ishchi yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Rostov viloyatining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Anatoliy Xarkovskiy bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonliklar mehnat qilayotgan korxonalar va obyektlarga Inson huquqlari bo‘yicha vakil apparatining biriktirilgan vakili ishtirokida qo‘shma tashriflarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, qariyb 100 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini olib borayotgan “SSK AVAKON” MChJda vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Asosiy e’tibor konsullik-huquqiy himoyani ta’minlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, migratsiya va mehnat qonunchiligiga rioya etish masalalariga qaratildi. Fuqarolarga zarur tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Uchrashuvlar yakunida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, tashkil etilgan mehnat mobilligini takomillashtirish hamda O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini izchil himoya qilish maqsadida amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik tasdiqlandi.