Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va ShHT 2027-2030 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlamoqda

© Press-slujba YeEKSessiya "YeAES – ShOS: ekonomicheskoe sotrudnichestvo v interesax ustoychivogo razvitiya" na polyax VEF.
Sessiya YeAES – ShOS: ekonomicheskoe sotrudnichestvo v interesax ustoychivogo razvitiya na polyax VEF.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2026
Obuna bo‘lish
17 sentabr kuni Pekinda YeOII kunlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Kotibiyati o‘rtasida 2027-2030 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi imzolanadi. YeIKning integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Daniyar Imanaliyev Sharqiy iqtisodiy forum doirasida 2026-yil 17-sentabr kuni Pekinda YeOII kunlari o‘tkazilishini e’lon qildi.
“YeOII kunlari doirasida YeIK va ShHT Kotibiyati o‘rtasida 2027-2030 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi imzolanadi”, - dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHT YeOII uchun nafaqat qo‘shni, balki eng avvalo ustuvor hamkor hisoblanadi.
ShHT mamlakatlari YeOII tashqi savdo aylanmasining deyarli yarmini tashkil etadi. Ikkala birlashma ham Yevroosiyo makonida birgalikda rivojlanish va harakatlarni muvofiqlashtirishdan manfaatdor.
Daniyar Imanaliyevning ta’kidlashicha, so‘nggi besh yilda YeOII va ShHT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning to‘laqonli infratuzilmasi shakllandi, kongress maydonlaridagi uchrashuvlar esa an’anaviy tus oldi.
YeIK vaziri yanada kengroq ko‘lam – YeOII - ShHT - ASEAN “integratsion uchburchagi” doirasidagi o‘zaro hamkorlikka ham to‘xtalib o‘tdi.
“Bizning asosiy vazifamiz o‘zaro tutatish nuqtalarini topish va tartibga solish yondashuvlarini bosqichma-bosqich yaqinlashtirishdan iborat. Ishonchim komilki, manfaatlar muvozanatini saqlab, pragmatik qadamlar tashlashga tayyor bo‘lsak, YeOII va ShHT hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishimiz mumkin” - deya xulosa qildi Imanaliyev.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Shanxay hamkorlik tashkiloti

ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.

Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.

Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston.

KengaytirishYig‘ishtirish
Prabovo Subianto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2026
O‘zbekiston va YeOII
Indoneziya prezidenti YeOIIni hamkorlik namunasi deb atadi
Yangiliklar lentasi
0