https://oz.sputniknews.uz/20260903/uzbekistan-onalar-nafaqa-60169658.html
O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga bolasi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi
O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga bolasi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar nafaqa to‘lanadi. Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlariga esa bog‘cha, o‘qish, yo‘lkira va yotoqxona uchun vaucher beriladi.
2026-09-03T14:12+0500
2026-09-03T14:12+0500
2026-09-03T14:12+0500
shavkat mirziyoyev
bola
ijtimoiy himoya milliy agentligi
to‘lov
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1385/32/13853268_0:0:2971:1671_1920x0_80_0_0_b6c598720613d1061e3eaeac490537d2.jpg
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi.Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.Shuningdek, kelasi yildan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygoh yotoqxonasi xarajatlari vaucher orqali qoplab beriladi.Vaucher 12 oyga beriladi va oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham belgilangan muddat oxirigacha amal qiladi.Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini Ijtimoiy reyestrga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalar uchun “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paketlarga joriy yil 300 mlrd so‘m ajratilgan. Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.Mutasaddilarga bir hafta ichida ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260420/ota-onalar-tadbirkorlar-soliqlar-ozod-56990220.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1385/32/13853268_92:0:2823:2048_1920x0_80_0_0_e041d3376cbbd96888a1aebe16e2798b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, bola, ijtimoiy himoya milliy agentligi, to‘lov, jamiyat, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, bola, ijtimoiy himoya milliy agentligi, to‘lov, jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga bolasi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi
Kelasi yildan ehtiyojmand oilalar farzandlarining bog‘cha, o‘quv markazi, yo‘lkira va yotoqxona xarajatlari ham qoplab beriladi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda
ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi.
Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.
“Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz”, — dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, kelasi yildan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygoh yotoqxonasi xarajatlari vaucher orqali qoplab beriladi.
Vaucher 12 oyga beriladi va oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham belgilangan muddat oxirigacha amal qiladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini Ijtimoiy reyestrga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Yangi tizimda aholi daromadidan tashqari surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlashi kabi omillar ham hisobga olinadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalar uchun “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paketlarga joriy yil 300 mlrd so‘m ajratilgan. Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Mutasaddilarga bir hafta ichida ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.